Kiyim tushda ko’rsa tush tabiri kiyim to‘liq malumot

Kiyim tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushda kiyimni ko‘rish bashoratning ramzi hisoblanadi. Ya’ni tushingizda ko‘rgan kiyimning qanday bo‘lganligiga qarab haqiqat (o‘ngingiz) dagi ishlaringiz, shaxsiy hayotingiz qay tarzda davom etishini bilishingiz mumkin. Ishingizning muvaffaqiyatli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi tushingizda ko‘rgan kiyimga uning butun va toza yoki notoza va yirtilganligiga qarab talqin qilinadi.

Tushda kiyim ko'rsa tush tabiri

A’lo sifatli, ammo modaga mos bo‘lmagan kiyimlarni ko‘rish – bu sizning omadli bo‘lishingizni, ammo qimmatli fikrlaringizni boy berishingizdan dalolat beradi. Agar siz modadan qolgan kiyimlardan voz kechsangiz, ularni tashlab yuborsangiz demak, yaqin orada siz o‘zingizning atrofingizdagilardan uzoqlashishingiz, yangi joyda tadbirkorlikni boshlashingiz, yangi sevgi munosabatlarini boshdan kechirishingizdan darak beradi. Bu voqealarning barchasi sizni butunlay o‘zgartirib yuboradi.

Tushingizda o‘zingizni va yon-atrofingizdagilarni oq rangli kiyimda ko‘rish o‘zgarishlarni anglatib, deyarli doimo qayg‘udan darak beradi. Tushda oq rangdagi kiyim kiygan erkak bilan sayr qilib yurish – xastalik va qayg‘uni anglatadi. Agar tush sohibasi yosh va bolali ayol bo‘lsa bundan mustasno ya’ni bu tush talqini unga tegishli emasligini aksincha uni baxtli lahzalar kutib turganligini bildiradi.

Ushbu tushda o‘zingizni va yon-atrofingizdagilarni ko‘rsangiz – janjalni, kimdandur ko‘nglingiz qolishini va yoqimsiz hamroh bilan safarga chiqishingizfan xabar beradi. Tijorat faoliyatingiz siz istagandek bo‘lmaydi.

Kiyim tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushda sariq rangli kiyimlarni ko‘rish – quvonchli qiziqarli vaqtichog‘likni va moliyaviy muvaffaqiyatni anglatadi. Agar siz notabiiy yorug‘ligdagi sariq libosdagi arvohni ko‘rsangiz – yomon tomonga o‘zgarishlar kutayotganligidan ogohlantiradi. Agar tushingizda chiroyli sariq matoni ko‘rsangiz, omad sizga hamroh bo‘lishini anglatadi.

Tushingizda moviy ko‘k rangli libosni ko‘rishingiz – sizning shijoatingiz va jo‘shqinligingiz barcha siz istayotgan istaklaringizga erishishingizga yordam berishini anglatadi. Do‘stlaringiz sizni doim qo‘llab-quvvatlaydi. Malina rangli kiyimlarni tushda ko‘rishingiz – , ish-joyingizni o‘zgartirib, dahshatli dushmanlardan xalos bo‘lishingizdan darak beradi.

Tushda yashil rangli liboslarni ko‘rish – farovonlik va baxtni istashingiz, umid qilishningiz belgisidir.   Turli ranglardagi liboslarni ko‘rish –  kelajagingizning tubdan o‘zgarishi va yaxshilik bilan yomonlikning o‘zaro bog‘liqligida kechadigan hayotingizni anglatadi.Tushingizda sizga mos kelmaydigan kiyimni kiyganingizni ko‘rishingiz – sizning ba’zi hotiralardan xalos bo‘lishingizni anglatadi.

Tushda a’lo sifatli matodan tikilgan kostyumda keksa odamni yoki yigitni ko‘rishingiz – biron-bir mashaqqatlarga boy, yoqimsiz va tashvishli ish bilan shug‘ullanishingizni anglatadi.

Kiyim tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Agar ayol kishi u kiyib turgan kiyim o‘ziga xush kelmayotganini ko‘rsa – bunday tush kiborlar (aristokratlar) yig‘inlarida muvaffaqiyatga obro‘ga  erishish uchun qilinayotgan yoqimsiz raqobatga duch kelishini anglatadi.

Agar ayol kishi tushida boshqalarning kiyimlariga maftun bo‘layotganini ko‘rsa – do‘stining rashki hamda shubhalarini anglatadi. Tushda hojatxonada qandaydir buyumingizni yo‘qotib qo‘yganingizni ko‘rishingiz- tijorat borasidagi hamda sevgi borasidagi to‘siqlarni anglatadi.

Yosh ayol tushida o‘zini qora kostyumda ko‘rishi – qayg‘u va umidsizlikga uchrashidan ogohlantiradi. Agarda tush sohibasi boshqa bir ayolning malina rangli libos kiyganligi, yuzida esa motam pardasi borligini ko‘rsa, uni o‘ziga hatto raqib o‘rnida ko‘rmaydigan inson (raqibi) undan ustun bo‘lishini anglatadi, achchiq ko‘ngilsizlik uni barcha ayollarga nisbatan g‘azablanuvchi shaxsga aylantirib qo‘yishi mumkin.

Kiyim-kechak haqidagi tushni talqin qilishdan oldin siz ko‘rgan narsalarning tabiiy rangli ekanligiga e’tibor berishingiz kerak yuzlari xira bo‘lsa va ranglari yorqin bo‘lsa-da notabiiy rangli bo‘lsa, ehtiyot bo‘lishingiz kerakligingizni, chunki muhim rejalaringizni amalga oshirmaslik sizga zarar yetkazishi mumkinligini bildiradi.

Notoza va yirtilgan kiyimlar doimo notanish insonlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan murojaat qilishingiz haqida ogohlantiradi. Bunday tush, shuningdek, o‘z obro‘ingizga putur yetkazadigan harakatlar qilishingiz mumkinligini anglatishi ham mumkin. Toza kiyimlar – doimo farovonlik ramzidir.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil