Burgut tushda ko’rsa tush tabiri burgut to‘liq malumot

Burgut tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Islomiy tush tabirlarida burgut – shoh, hukmdor, boshliq sifatida talqin qilinadi, bazi vaqtlarda esa uzoq umr, boylik va yana urushni ham anglatishi mumkin.

Burgut tushda ko'rsa

Qora lochin, burgut, qirol lochin, kalxat va shumkar (oq lochin) kuchli va qudratli hukmdorni anglatadi. Ushbu qushlardan biron bir zarar yetqanligini ko‘rishingiz – qirol, hukmdor tomonidan keladigan ko‘ngilsizliklarni anglatadi, agarda tushingizda ushbu qushlardan zavqlanayotganligingizni ko‘rsangiz – qirol, hukmdor tomonidan keluvchi quvonchli hodisalarni bildiradi.

Ibn Sirin shunday deydi: “Agarda tushda burgut sizni ko‘klarga ko‘tarib olib chiqqanligini ko‘rsangiz” – bu sizga yuksak himoya ortida ekanligingizni yoki maroqli sayohatni anglatadi, bordiyu burgut sizga biron narsa berganligini ko‘rsangiz, o‘ngingizda siz hukmdordan mukofot olasiz.

Tushda burgut sizni changallab tutib olib, osmonga uchurganligi, shunchalik balandgaki hatto yer ko‘zdan g‘oyib bo‘ladigan darajada balandlikka ko‘tarib ketganligini ko‘rishingiz – sayohat vaqtida sodir bo‘luvchi o‘limni bildiradi.

Bordiyu tushingizda sizga burgut polaponini sovg‘a qilganliklarini ko‘rsangiz – kelajakda aqlli va qobiliyatli o‘g‘il farzandli bo‘lishingizdan darak beradi. Bu tushni kunduz kun ko‘rish o‘g‘il farzandingiz boshiga tushuvchi og‘ir, halokatli kasallik manosini anglatadi.

Tushda burgutni oziqlantirish yoki u bilan so‘zlashish – yaxshilik va farovonlik belgisidir. Tushingizda osmonda parvoz etayotgan burgutni ko‘rishingiz — jang qilishni yaxshi ko‘ruvchi kuchli, jangovar va jaxldor inson bilan tanishishingizni bildiradi.

Tushda darg‘zab burgutni ko‘rish – kimningdir kuchli g‘azabini qo‘zg‘ashni anglatadi. Tushingizda sizni qanotlari bilan urayotgan burgutni ko‘rishingiz – baxtsizlik va falokatni bildiradi. Tushda boshingizga osmondan burgut tushganligini ko‘rishingiz – o‘limni bildiradi.

Burgut tushda ko’rsa miller tabiriga ko‘ra

Burgut tush tabiri

Tushingizda to‘g‘ri boshingiz uzra aylanib parvoz etayotgan burgutni ko‘rishingiz – ezgu g‘oyalaringiz va maqsadlaringiz uchun shiddatli kurashga qo‘shilishni anglatadi, bu kurash siz uchun qanchalik qiyin bo‘lmasin, yakuni ishonchli g‘alaba bo‘lib nihoyasiga yetadi.

Tushda ko‘kda aylanib parvoz etayotgan qushlarni ko‘rish – inson erishishi mumkin bo‘lgan barcha imtiyozlarga ega bo‘lishi belgisidir. Tushda burgut inida burgut polaponlarini ko‘rish nufuzli shaxslar bilan kechuvchi va qator imkoniyatlarga olib keluvchi do‘stlikni hamda ish faoliyatingizdagi muvafaqqiyatlarni anglatadi.

Bordiyu tushingizda burgutni jonini olganligingiz yani uni o‘ldirganligingizni ko‘rsangiz bu tush sizni qatiyatli bo‘lishga undaydi. Ushbu sifatni o‘zingizda paydo qilish bilan siz ko‘plab cho‘qqilarni zabt etishingiz mumkin.

Tushda burgutlar go‘shtini istemol qilganligingizni ko‘rishingiz – siz kuchli xarakterga ega ekanligingiz, bu xarakteringiz bilan har qanday sinovni yengib o‘tishingiz mumkinligini bildiradi.

Tushingizda o‘zga kimsa tomonidan o‘ldirilgan burgutni ko‘rishingiz — mudhish tush hisoblanib, hatoligingiz tufayli hamma narsadan judo bo‘lishingiz mumkinligini anglatadi. Tushda burgutning orqa tomonida o‘tirganlikni ko‘rish – kam o‘rganilgan hududga sayohat uyishtirishingiz va bu sayohatda unitilmas lahzalarga boy hamda yuksak bilimlarga ega bo‘lishingizni bildiradi.

Burgut tush tabiri loffa tabiriga ko‘ra

Burgut qanday talqinga ega

Burgut Amerikalik hindu qabilalarining eng muhim ramzdir. Burgut to‘g‘risida qadimgi yunonlar va yahudiylarning ham qator adabiy manbalari mavjud bo‘lib, bu qadimgi yunon va yahudiylar uchun ham burgut katta ahamiyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Hozirgi kunda ham burgut bu jasorat timsoli bo‘lib qolmoqda.

“Navaho” va “Krou” hindu qabilalarida burgut qator ijobiy fazilatlarga ega b‘lgan ramz sifatida ezozlangan. Ularning qarashlariga ko‘ra, burgut donolik, yuksak tafakkur timsolidir. Ular Buyuk ruh insonlarni maxsus vazifa uchun yaratganligiga ishonganlar, va ko‘pincha burgutni ilohiy ramzlar bilan ifodalaganlar.

Qadimgi yunonlar va yahudiylarda burgut kuch, hukmdorlik va qo‘rquvning ramzi bo‘lgan. Bu bejizga emas albatta, zero burgutlar qushlar orasida eng chaqqon, uzoq umr ko‘ruvchi hamda kuchliligi bilan ajralib turadi. Ular mayda chorva mollarini hech bir qiyinchiliklarsiz changallab olib ketishlari mumkin.

Agarda biror kishi o‘z tushida burgutni ko‘rsa u holda bu inson yuksak zehn, fahm-farosat va bilimga ega ekanliligini bildiradi. Bu bilim nafaqat dunyoviy balki diniy bilimga ham tegishli ekanligini angalatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil