Qon guruhiga qarab insonlar xarakteri

Qon guruhingiz va xarakteringiz

1 — Qon guruhidagi insonlar

Birinchi qon guruhi vakillari olov unsuri hisoblanadi. Bu unsur vakillari qaynoq qon bo‘lib, jahllari tez va jizzaki bo‘lishadi. Lekin shu bilan bir qatorda ular mehribon va dilkash inson qiyofasida ham paydo bo‘ladilar. Bu unsur vakillarini hayotni ushlab turishadi desa ham bo‘ladi, chunki ularning qiziquvchanliklari va intiluvchanliklari tufayli yangi-yangi g‘oyalar yaraladi. O‘zlarining qadrini bilishadi o‘zgalarga doim ko‘makdosh bo‘lishadi. Lekin doim nimadandir norozi bo‘lib qoniqmay yurishadi. Ularga asosan odam ko‘p joylar yoqadi, masalan bozorda sayr qilib yurishni yoqtirishadi. Ular biror bir yomon xabardan keyin o‘zlariga kelishlari qiyin… Ularni asosan xotiralar qiynaydi…

2 — Qon guruhidagi insonlar

Ikkinchi qon guruhi vakillari havo unsur vakillari bo‘lib, ular asosan og‘ir bosiq, odamlardan yiroqda, yolg‘izlikni ma’qul ko‘rishadi. Ular yonib seva olishadi, oqibatli bo‘lishadi, shu bilan birga osongina tashlab ketishlari ham mumkun. Ular qobil farzand yo ota-ona bo‘la olishadi. Odamlar etiborida bo‘lishni unchalik xush ko‘rishmaydi. Ularga asosan tabiat qo‘yni va mo‘tadil ob-havo yoqadi. Hamma unga suyanadi, maslahat so‘raydi, lekin u kamdan kam holdagin birovga tayanadi. Pand yeyishdan qo‘rqadi. Ma’sulyatdan cho‘chiydi. Lekin o‘z ishini ustasi bo‘ladi. Hayot sinovlaridan u anchagacha azob chekadi. Lekin dardini hech kim bilan bo‘lishmaydi. U har qanday oilaning faxri bo‘la oladi.

3 — Qon guruhidagi insonlar

Uchinchi qon guruhi vakillari suv unsuri vakillari. Ularning yonida inson haqiqiy oromni xis qiladi. U hech narsani o‘ziga yaqin olmaydi. Gap-so‘zlarga hamisha ham e’tibor bermaydi,uni salbiy xislati bu boshqa jins vakillari bilan tez kelishib keta olishi. Lekin bu bilan uni yengiltak deb bo‘lmaydi. U har qanday odamni alday oladi. Lekin hech qachon yomon maqsada yolg‘on gapirmaydi. Ular uyquchi bo‘lishadi. Asosan gumanitar fanlarni a’lo darajada o‘zlashtira olishadi. Ular sevib sevilib yashashadi. Asosan quvnoq bo‘lishadi, lekin shu bilan birga tezda yig‘lab yuborishlari ham mumkun.

4 — Qon guruhidagi insonlar

To‘rtinchi qon guruhi vakillari tuproq unsuri bo‘lib, ular har qaysi unsur vakillaridan farqli o‘laroq yovvoyiroq yoki juda quvnoq bo‘lishadi. Unsur vakillari sharoitga moslashuvchan bo‘lishadi. Har qanday vaziyatdan chiqa olishadi. Uncha buncha narsa ularni bezovta qila olmaydi. Ular bir vaqtning o‘zida ham ishlab, ham dangasalik qila oladi. Asosan aqlli va serharakat bo‘lishadi, ularni sevish qiyin. Chunki ular bilan har xil vaziyatga tushib qolish mumkun. Lekin ular sevishsa afsona haqiqatga aylana oladi. Mo‘jizaga ishonishadi va xayolparast bo‘lishadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil