Behi tushda ko’rsa tush tabiri behi to‘liq malumot

Behi tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Bexi – janubiy kengliklarda o‘suvchi yaxshi tanilgan mevali o‘simlik turi hisoblanadi. Bexi mevasining yirik hajmli va sariq rangda bo‘lgani sabab uni “oltin” olma deb ham atashadi.

Behi tushda ko'rsa

Biroq, bexi mevasi olmadan farqli o‘laroq, o‘zining tahirligi va nordon ta’mi bilan ajralib turadi va deyarli xomligicha iste’mol qilinmaydi. Bundan tashqari, u ko‘p hollarda tikanaklarga ega bo‘ladi, shu sababdan u noaniq ma’no kasb etadi.

Bexi mevasi huddi olma kabi, muvaffaqiyat, farovonlik, muhabbatni anglatishi mumkin. Uning oltin rangi esa pulning belgisidir. Biroq, uning nordon ta’mi va tikanaklarga egaligi ko‘ngil sovishlar, bajarilmagan umidlarni va shunga o‘xshash turli boshqa salbiy vaziyatlarni anglatadi.

Behi tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Behi tush tabiri

Mevasi yetilib pishgan bexi butasi yoki daraxtini ko‘rish – kelajakdagi farovonlikni anglatadi. Ammo agarda tushingizda daraxt yoki butada ko‘rgan bexi yetilmagan bo‘lsa, bu sizning o‘ylamay qilgan qilg‘ilig‘ingiz tufayli qilgan barcha harakatlaringiz zoya ketishini bildiradi.

Tushingizda siz bexi mevalarini iste’mol qilayotganligingizni va uning ta’mi sizga yoqayotganligini ko‘rishingiz – bu tush salbiy ma’no kasb etib, kutilgan merosning boy berilishi yoki axloqiy buzilishni anglatishi mumkin.

Tushda bexi mevalarini sotayotganligingizni yoki sotib olayotganligingizni ko‘rishingiz – salobatli shartnoma tuzishingizni va bu shartnoma siz umid qilgan mo‘may daromad o‘rniga faqat umidsizlikni keltirib chiqarishini bildiradi.

Behi tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Behi qanday talqinga ega

Tushingizda pishmagan bexi mevasini ko‘rish – qisqa muddatli muvaffaqiyat va shubhali quvonchni bildiradi. Tushda bexi to‘qayzorlarni (yaqinlamasdan va qo‘l teqqazmasdan) ko‘rishingiz – do‘stingiz yoki hamkasbingiz bilan birgalikda ajoyib hodisa yuz berishini xabar qiladi.

Agarda tushda bexi butalar yonida ekanligini va ularning tikonlari sizni yaralaganliklarini ko‘rsangiz – bu oldinda sizni yoqimsizliklar kutib turganligidan ogohlantiradi. Tushda bexi mevalarini ko‘rish – to‘satdan muvaffaqiyatga erishgan tanishishingiz bilan uchrashuvingiz belgisidir.

Tushingizda bexilarni tishlayotganligingiz yoki tozalayotganligingizni ko‘rishingiz – uzog‘i bilan ikki haftada siz kutilmagan mablag‘ga erishishingizni anglatadi. Ammo bu tushni dushanba tongiga o‘tar chog‘i ko‘rsangiz bu yuz bermasligini, payshanba tongiga o‘tar chog‘i ko‘rsangiz yaqin orada amalga oshmasligini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil