Туш табири 45 000 турдаги тушлар табири жамланмаси Tushlar.uz

Tush ko‘rish haqida 5 malumot 🛌

1. Achinarli lekin fakt

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, inson umrining uchdan bir qismini uyquda o‘tqazadi. Barchamizga ma'lumki inson organizmi tunda, uxlash chog‘ida kunduzi sarf etgan barcha energiya kuchlarni qayta tiklaydi ya'ni “o‘zini tartibga keltiradi”. Aynan shu sababli ham sog‘lom odam uyqudan so‘ng o‘zini kuchga to‘la, tetik hamda dadil his etadi. Bu albatta yaxshi holatda!

2. Tushlar psixozlarga qarshi kurashadi

Tushlar – bu psixozga qarshi kurashda ajoyib vosita hisoblanadi. Bu borada olimlar tajribaga ham qo‘l urganlar ularning tadqiqoti davomida ishtirokchilarga uyqu vaqti tush ko‘rishga ruxsat berilmagan, garchi ular kuniga kamida 8 soat uxlasalarda. Tadqiqotdan uch kun o‘tib, tajriba ishtirokchilarining barchasida psixozning dastlabki belgilari sanalmish: diqqatning tarqoqligi, gallyutsinasiya, asablar taranglashishi kabi ruhiy qiyinchiliklarga duch kelisha boshladilar. Ularga tush ko‘rish imkoniyati berilganda esa, sanab o‘tilgan psixozning barcha belgilari yo‘qoldi va tajribadagi ishtirokchilar odatdagidan ko‘ra ko‘proq tush ko‘rishni boshladilar.

3. Tushlarda qanday sir yashirin?

Biz uyqu vaqti va tush ko‘rganimizda hayotimizdagi eng sirli, hayajonli va qiziqarli taassurotlarga ega bo‘lamiz. Uyqu chog‘ida biz, o‘z irodamiz, fikrlarimizni nazorat qilish imkoniyatidan mosuvo bo‘lamiz va ushbu vaqtda fikrlashning o‘zgacha bo‘lgan o‘ziga xos turi namoyon bo‘ladi. Aynan shu sababdan biz hayoliy tasvirlarni, yanglish va bir-biriga o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan voqealarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lamiz, bu voqealar real hayotda bo‘lgani kabi emas butunlay g‘ayrioddiydir. Va bu juda ham o‘zgacha maroqli holatdir!

4. Biz tushlarimizning faqatgina 10 foizini eslay olamiz

Siz uyg‘onganingizdan keyingi dastlabki besh daqiqada tushning yarmini eslab qolish “dumidan ushlab qolishingiz” imkoniyatiga ega bo‘lasiz, ammo o‘n daqiqadan so‘ng 90 foiz tush yoddan ko‘tariladi va tushning ma'nosi huddi kartalardan yaratilgan uy singari qulab tushadi, ya'ni tushni tahlil etish qiyin bo‘ladi.

5. Tush ko‘rmaslik mumkin emas

Ko‘pchilik insonlar, hech qachon tush ko‘rmasligi haqida da'vo qilishadi. Ammo bu holat ya'ni umuman tush ko‘rmaslik ba'zi jiddiy ruhiy kasalliklarning belgisi hisoblanadi. Normal insonlarning deyarli barchasi ko‘pincha tushkunlikka tushgan vaqtlarda tush ko‘radilar, lekin ko‘pchilik uyg‘onganlarida darhol ularni unutishadi. Buni tadqiqotlar jarayonida uyqu paytidan olingan ensefalogrammalar ham tasdiqlaydi. Butun tarixda faqat Isroil harbiy kasalxonasida bitta bemorning tekshiruvi natijasida u umuman tush ko‘rmasligi aniqlangan. U inson oldin boshidan jarohat olgan bo‘lgan.