Qor tushda ko’rsa tush tabiri qor to‘liq malumot

Qor tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Mashxur psixoanatilik qor eyakulyasiya jarayoniga o‘xshashligi ko‘rdi. Shu tufayli Freydning intim munosabatlar tog‘risidagi talqinlari potensial homiladorlikka dahldordir. Bu yerda variantlar yetarlicha.

Qor tushda ko'rsa

Agarda homilador bo‘lish orzusida bo‘lsangiz va tushingizda qorni ko‘rishingiz ushbu orzuingizni ushalishidan darakdir. Ayniqsa ayol kishi tushida haqiqiy qorli bo‘ron bo‘layotganligini, atrofi qor va qor uyumlariga to‘la ekanligini ko‘rishi — homilador bo‘lish uchun imkoniyati ko‘proq ekanligidan darak beradi.

Bu haqida tush sohibasining o‘zi ham ko‘p fikr yuritgan. Ammo bunday turdagi tushni erkaklar ko‘rishlari otalik baxtiga erishishiga hech qanday aloqador bo‘lmay aksincha unga juft yetishmasligi va qoniqish hosil qilmayotganligini bildiradi.

Tushingizda qorga qarshi turishingiz, yuzingizni sharf, qo‘lqop bilan yopayotganligingizni ko‘rishingiz homilador bo‘lishingiz qiyin kechishini anglatadi. Demak hozir siz homilador bo‘lishga tayyor emassiz.

Qor tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Atrofingizda jami narsa qor bilan o‘ralganligini va qor uyumlarini ko‘rishingiz esa barchasi amalga oshishini va tez orada chaqaloq kutishingiz mumkinligini anglatadi.

Qor tush tabiri

Janubiy o‘lka vakili bo‘lgan mashxur astrolog Nostradamus: qor – bu sovuq iqlim, sovuq iqlim esa – bu qiyinchiliklarni, barcha narsalarning, shu qatorda munosabatlarni ham muzlashiga olib keladi deb hisoblagan.

Nostradamusning qor talqini ham bevosita ushbu fikrlar zamirida vujudga kelgan. Bordiyu tushingizda siz qor ustida izg‘ib, tentirab yurganligingizni va yaqin orada hech bir jon yo‘qligini ko‘rsangiz – ahamiyat bilan honadoningizga razm solishingiz kerakligini bildiradi.

Iloji boricha kelishmovchiliklar kelib chiqishini oldini oling, tushunmovchiliklar va befarqlik devori hosil bo‘lmasligi uchun yaqinlaringizga iliq munosabatda bo‘ling.

Qor uchqunlari ostida sayr qilib yurganligingizni ko‘rishingiz – yaqinlaringiz, boshqalarni eshitishni bilmasligingiz shu tufayli honadoningizda tushunmovchiliklar yuz berishi mumkinligini anglatadi.

Qor tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda qor uyumlarini bartaraf etishga urinayotganligingizni ko‘rishingiz jiddiy muammolar havf solayotganligidan ogohlantiradi.

Qor qanday talqinga ega

Agarda tushingizda siz qorni kurayotgan yoki tozalayotgan bo‘lsangiz – uyg‘onganingizda so‘ng tahlil qilib ko‘ring yaqin orada qanday qaror qabul qilgan edingiz.

Agar Nostradamusni fikrlariga hususan qor to‘g‘risidagi talqiniga tayanadigan bu qarorlar noto‘g‘ri ekanligi va ularni to‘g‘irlash uchun ko‘p urinishingiz kerakligini bildiradi.

Tushingizda siz qorbola yasayotganligingizni ko‘rsangiz real hayotingizda hissiyotlarga (emosiyalarga) emas, balki aqlingizga quloq solishingiz kerakligini ifodalaydi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil