Sher tushda ko’rsa tush tabiri sher to‘liq malumot

Sher tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushingizda sizga hech qanday tahdid qilmayotgan hamda xotirjam dam olib yotgan sherni ko‘rishingiz — hurmatli do‘stingiz hamrohligida yoqimli suhbatdan quvonchga to‘lishingizni anglatadi.

Tushda sher ko'rsa tush tabiri

Tushingizda sherga ovqat berganligingizni ko‘rsangiz – hayotingiz barcha yaxshiliklarga to‘la bo‘lishidan darak beradi. Agarda tushda sizga sher hujum qilganligini ko‘rishingiz – sevgan insoningiz bilan ayrilishingiz mumkinligini bildiradi.

Bordiyu tushda sher sizni tishlaganligini va bundan siz og‘riqni his qilganligingizni ko‘rsangiz — siz nafratlanadigan oshig‘ingiz, raqibingiz, sizga hasad qiluvchi insonlarning ta’qiblarini anglatadi.

Qafasdagi sher – zararni hamda sizning o‘zingiz hamkorlaringizni qo‘rqitib yuborganligingizdan qoniqish hosil qilmasligingizni ifodalaydi.

Tushda sher bilan bir qafasda ekanligingizni ko‘rishingiz — ogohlantirish belgisi bo‘lib, dushmanlaringiz sizga yoki sizning do‘stlaringizga qarshi chiqishini bildiradi.

Tushingizda sherning ustida uxlayotganligingizni ko‘rsangiz — muhim va kuchli shaxsga aylanishingizni, sherni o‘ldirganligingizni ko‘rishingiz — o‘z baxtingizni o‘zingiz butkul barbod etishingizni anglatadi.

Urg‘ochi sher yoki erkak sherni hayvonot bog‘ida ko‘rsangiz — ho‘rlanishingizni, zanjirga bog‘langan holda o‘tirganligini ko‘rishingiz — ishonchli himoya ostida bo‘lishingizni, sherni ta’qib qilayotganligingizni ko‘rsangiz — omad, baxtli hayot kechirishingizni bildiradi.

Sher bilan olishayotganligingizni ko‘rishingiz — boshqalarning baxtsizligiga befarq bo‘lishingizni, sut emayotgan sher bolalarini erkalayotganligingizni ko‘rishingiz — o‘zingizdan katta va mashxur shaxslarning sizga nisbatan sahiyligini va o‘z himoyasiga olishlarini, anglatadi.

Ayol kishi tushida urg‘ochi sherni erkalayotganligini ko‘rishi – xavfli raqibi bilan o‘zaro mojarolarini bildiradi.

Sher tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Sher – tushingizda sherni ko‘rishingiz sizni buyuk kuch boshqarayotganligini anglatadi. Agarda siz sherni o‘z hukmingizga bo‘ysundira olsangiz – barcha ishlarda g‘olib bo‘lishingizni, bordiyu sher sizni mag‘lub etganligini ko‘rsangiz – sizga yomonlik istovchi dushmanlaringiz hujumidan himoyasiz qolishingizni bildiradi.

Tushingizda sherlarni qafasda ko‘rsangiz — sizning yutuqlaringiz sizga qarshi insonlarni neytrallashtirish bilan bog‘liq ekanligini ifodalaydi.

Tushda hayvon o‘rgatuvchini qafasdagi va qafas tashqarisidagi sherlarni nazorat qilayotganini ko‘rishingiz ish faoliyatingizdagi muvaffaqiyatsizliklarning belgisidir. Sizning bilimlaringiz va yuksak ishbilarmonlik darajangiz barcha xayrihoh erkak va ayollar e’tiborini qozonishingizni anglatadi.

Tushingizda yosh erkak sherni ko‘rishingiz — yangi tadbirkorlik faoliyatingizga yaxshi e’tibor qaratadigan bo‘lsangiz muvaffaqiyatli bo‘lishidan darak beradi. Agarda yosh ayol tushida yosh erkak sherni ko‘rsa – uning yangi kelishgan xushdori paydo bo‘lishini bildiradi.

Sher tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda sherning o‘kirishini eshitishingiz – ayollar uchun misli ko‘rilmagan omad va muvaffaqiyatlarga erishishining belgisidir. Tushingizda boshingiz tepasida irrillab turgan sherni ko‘rishingiz — hukmdorlikka erishishdagi urinishlaringiz mag‘lubiyat bilan yakunlanishi mumkinligini anglatadi.

Tushda sher terisini ko‘rish — boylik va baxt belgisidir. Tushingizda sher ustida minib ketayotganligingizni ko‘rishingiz — qiyinchiliklarni yengib o‘tish uchun o‘zingizda jasorat, qat’iyatlilik va g‘ayrat topishingizni bildiradi.

Tushda farzandlaringizni sherdan pokki pichoq yordamida himoya qilayotganligingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda bir muddatga bo‘lsa ham o‘z qarzlaringiz va ishingizdagi ma’sulyatlaringizni unutadigan bo‘lsangiz, dushmanlaringizni nayrang – xiylalari ta’sirida qolishingiz va ular maqsadiga erishishlarini anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil