Tushlar tabiri alfavit bo‘yicha

Tush tabiri to‘plami alfavit bo‘yicha.

ABDE
FGHI
JKLM
NOPQ
RSTU
VXYZ
O‘G‘SHCH

Ko‘p tarqalgan beshta tushlar tabiri.

Suv tush tabiri

Tushingizda siz gazlangan suv manbasi yonida turganligingizni ko‘rishingiz – bu tush son-sanoqsiz holdan toydiruvchi sinovlardan so‘ng keluvchi quvonch va rohatni anglatadi.

Suv tush tabiri

Tushingizda atrofingizdagi insonlarni ajoyib salqin ichimlik bilan mehmon qilayotganingizni ko‘rishingiz – garchi hozirgi kunda siz o‘z hayotingizni ko‘plab ziddiyatlarga to‘la deb hisoblasangiz ham yaqin orada barchasi izga tushib ketishini, sizning urinishlaringiz mukofotlanishini anglatadi.

Tushda suv havzasidan suzib o‘tish sporti bilan shug‘ullanayotganligingizni ko‘rishingiz – sizning zimmangizga muommolar yopirilib kelishini va siz bu muommolardan aynan “suzib chiqishingiz” lozimligini anglatadi. Ayniqsa do‘st tanlashda ehtiyot bo‘lishingiz darkordir. Aks holda sizga noxush syurpriz olib kelishi mumkinligidan darak beradi.

Tushingizda suv tarnovidan tirmashib ko‘tarilayotganligingizni ko‘rishingiz – o‘z maqsadlaringizga noqonuniy ravishda erishishingizni anglatadi.

Bordiyu tushingizda suv tarnovidan yiqilib tushganligingizni ko‘rsangiz – bu ogohlantirish belgisi bo‘lib, jinoyat yo‘liga kirmasligingiz lozimligi, bu darhol fosh bo‘lishini bildiradi.

Tushingizda suv tarnovidan tushayotganligingizni ko‘rsangiz –kutilmagan ravishda qaltis vaziyatdan halos bo‘lishingizni anglatadi.

Agarda tushingizda siz minerallangan suvni ichayotganingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda eng ezgu tilaklaringiz amalga oshishi uchun yo‘lingiz ochilganligidan mamnun bo‘lishingizni, taqdir sizga barcha boshlang‘ich ishlaringizda hayrihoh bo‘lishini ifodalaydi.

Kapalak tushlar tabiri

Tushingizda yam-yashil maysalar uzra o‘sgan gullar ustida o‘tirgan kapalakni ko‘rishingiz – hayotda ravnaq topishingiz, qonuniy yo‘l orqali topilgan daromad, yutuqlarni ifodalaydi. Ushbu tush yana ancha yillardan buyon yo‘q bo‘lib ketgan do‘stingizdan xabar olishingiz mumkinligini ham bildiradi.

Kapalak tushlar tabiri

Nozik hilqat vakilalari o‘z tushlarida kapalakni ko‘rishlari – keyinchalik butun umrlik mustahkam oilaga aylanuvchi, baxtli sevgining ramzi hisoblanadi. Tushingizda oq rangli kapalakni ko‘rishingiz – bemorlikdan ogohlantiradi.

Bordiyu ayol kishi o‘z tushida xonasiga oq rangli kapalak uchib kirganligi ko‘rsa – bu tush, tush sohibasining eng ezgu niyatlari amalga oshishidan darak beradi.

Agarda tushingizda siz yon atrofingizni ko‘plab kapalaklar o‘rab olganliklarini ko‘rsangiz – yaqin orada sizning, turmushga chiqish to‘g‘risidagi ezgu orzu-umidlaringiz amalga oshishini hamda umringiz ohiriga qadar sevimli, vafodor turmush o‘rtoqingiz bilan birgalikda yorqin sevgi hislari qurshovida baxtli umr kechirishlaringizni ifodalaydi.

O‘rik tush tabirlari

Ushbu tush tabiriga ko‘ra o‘rik quyidagi ravishda talqinga egadir: Odatda o‘rik to‘g‘risidagi tushlar muhabbatning eng dastlabki bosqichlarida bo‘lgan insonlar tushiga kiradi. Va ushbu tush ularga hozircha jiddiy munosabatlar tayyor emasliklari va endigina sherigingizni yaqindan taniy boshlayotganligingizni anglatadi.

O‘rik tush tabirlari

Ammo, yaqin kelajakda sizni bu inson bilan do‘stlikdan ortiqroq hislar bog‘lashi mumkinligini, ayni chog‘da esa sizga u inson bilan suhbatlashish zavq bag‘ishlayotganligi hamda siz pinhona ravishdagi bu ishqiy munosabatlar rivojlanishiga umid qilayotganligingizni ham anglatishi mumkin.

Bordiyu erkak kishi o‘z tushida o‘rik uzayotganligini ko‘rsa – bu tush uni tajribasiz ayol bilan bog‘liq ishqiy munosabatlar kutayotganligini, biroq u ayol bilan kechuvchi intim munosabatlar tush sohibiga huzur olib kelishini bildiradi.

Huddi shu tushni ayollar ko‘rishlari esa – hech qanday majburiyat talab etmaydigan ishqiy munosabatlari qanday tez boshlangan bo‘lsa, shunda tez yakunlanishini ifodalaydi.

Hoynahoy tush sohibasini u inson bilan faqat intim munosabatlargina bog‘lab turganligini, ushbu aloqalarda muhabbat hech qanday ahamiyat kasb etmasligini bildiradi.

Echkiemar tushda ko‘rsa

Tushingizda sahroda yashaydigan ushbu sudralib yuruvchi hayvonni ko‘rishingiz – turli xildagi musibat, (avtohalokat) lardan ogohlantiradi.

Echkiemar tushda ko‘rsa

Shu sababdan ham iloji boricha kelayotgan hafta ichida safarga chiqmasligingiz lozim ekanligini ifodalaydi.

Tushingizda sizdan qochib ketayotgan echkemarni ko‘rishingiz – o‘ngingizda siz jiddiy havf-xatardan halos bo‘lishingizni, oddiy so‘z bilan aytadigan bo‘lsak yengil qo‘rquv bilan qutilib qolishingizni bildiradi.

Bordiyu tushingizda sizga echkemar hujum qilganligini va siz echkemar bilan olishayotganligingizni ko‘rsangiz – havfli dushmanga ro‘baro bo‘lishingiz mumkinligidan darak beradi.

Tushingizda siz mag‘lub etgan echkemarni ko‘rishingiz juda yaxshi alomat hisoblablanmaydi, bu tush o‘z hatolaringiz sabab ko‘ngilsiz vaziyatga tushishingiz va bu vaziyatdan chiqib ketishingiz do‘stlaringizning sodiqligiga bog‘liq ekanligini anglatadi.

Do‘kon tush tabiri

Tushingizda siz do‘konga mahsulot harid qilish sabab ketayotganligingiz ko‘rsangiz – yaqin orada hayotingizda moddiy ahvolingiz bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgarishlar yuz berishidan darak beradi.

Do‘kon tush tabiri

Tushingizda do‘konni kurishingizning yana quyidagicha talqinlari mavjud: bordiyu tushingizda siz do‘konga borganligingizni, u yerda juda ham ko‘p mahsulotlar borligini va siz o‘zingizga zarur bo‘lgan mahsulotni sotib olganligingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda sovg‘a yoki ish joyingizdan mukofot tariqasida katta miqdorda daromad olishingizni anglatadi.

Ammo agarda buning aksi bo‘lib sizga zarur bo‘lgan mahsulotni topa olmaganligingizni ko‘rsangiz – ushbu o‘zgarishlar moddiy tomonlama zarar yetqazishini, vaziyatingiz yomonlashishini bildiradi.

Tushingizda do‘konda sotuvchi bo‘lib ishlayotganligingizni yoki do‘kon ho‘jayini ekanligingizni ko‘rishingiz – yaqin orada sizni yirik hamda tavakkalli ishga taklif qilishlarini, siz bu kabi ishlarga oldin aralashmaganligingiz bois bir qarorga kelishingiz qiyin bo‘lishi, bir qarorga kelish uchun uzoq o‘ylashingizni bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil