Mashina tushda ko’rsa tush tabiri avtomobil to‘liq malumot

Mashina tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushingizda allaqanday bir avtomobilni ko‘rishingiz – bir maromda ketayotgan hayotingizga nimadur to‘satdan yopirilib kirib, sizdan jismoniy va ruhiy kuchlarni talab qilishini anglatadi. Tushda harakatsiz holdagi avtomobilni ko‘rishingiz – siz bilan teng yoshdagi o‘g‘il-qizlar ya’ni tengdoshlaringiz sizdan ko‘ra ko‘proq hayotda muvaffaqiyat qozonishlarini anglatadi.

Tushda mashina ko'rsa tush tabiri avtomobil

Tushingizda avtomobilni ishga tushirishingiz – yangi biznesni tashkil etishdagi turli qiyinchiliklarni bildirib, bu paytda ishonchli do‘stlaringiz yordamga shoshilishlaridan darak beradi. Shovqin bilan yoki qandaydir tovushlar chiqazib yurayotgan avtomobilni ko‘rsangiz – kuchli havotir uyingizdagi barqarorlikni buzib uning o‘rnini boshqa narsalarga o‘zgartirishidan ogohlantiradi.

Tushingizda buzilgan avtomobilingizning ta’mirlash ishlarini amalga oshirishingiz – vijdonsiz sheriklar bilan olib borilgan hamkorliklaringizdan ortirilgan zarar hamda boshqa pul yo‘qotishlaridan ogohlantiradi.

Mashina tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushda katta yoki kichik bo‘lishidan qat’i nazar, har qanday avtomobilning maxovikini ko‘rish – bu yomon niyatli odamlarning har qanday qarshiliklariga qaramay, belgilangan maqsad sari mag‘rur qadam bosishingiz va ishonchli harakatningiz belgisidir. Tushda bug‘ mashinasini ko‘rishingiz – moliaviy boylikka erishishdagi haqiqiy (real) imkoniyatlaringiz borligi haqida xabar beradi.

Tushingizda kir yuvish mashinasini ko‘rsangiz – muhim vaziyatlarda uchraydigan kichik o‘zgarishlarni, tikuv mashinasini ko‘rsangiz – tezda yangi biznesga qo‘l urishingiz va bu biznes unga qilingan sarf-xarajat ya’ni mablag‘larni darhol qoplashini, yozuv mashinkasini ko‘rsangiz – haqiqat (o‘ngingiz)da mojoroli do‘stlaringiz bilan bahs va nizoni yoki janjalni hal qilinishini, yozuv mashinkasida ishlash – qattiq mehnat qila turib ozgina miqdorda maosh olishingizdan dalolat beradi.

Avtomobil tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda sug‘orish va yig‘ish mashinasini ko‘rsangiz – haqiqatda siz sizga muhtoj bo‘lgan do‘stingizni doimo qo‘llab uni yomonliklardan qutqarishga shoshilishingizni anglatadi, bunday mashinani boshqarish yaqin oradagi xavfdan ogohlantiradi.

Tushingizda o‘t o‘chiruvchi avtomobilning yong‘in sodir bo‘lgan joyga sirenalarini yoqib shoshib ketayotganini ko‘rsangiz – haqiqat (o‘ngingiz)da yaqin do‘stingizning qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklashingizni va bu yutuqlarga erishishda siz ham katta hissa qo‘shishingizdan darak beradi .  Yong‘in ichra qolgan o‘t o‘chiruvchi avtomobilini ko‘rishingiz – siz bilan bir murakkab voqea yuz berish va bu voqeani eshitgan hech bir inson sizga ishonmasligini bildiradi.

Tushingizda kabriolet singari usti ochiluvchi avtomobil haydayotganingizni ko‘rishingiz – bu omad va boylikka erishishingizning belgisidir. Tushda garajda turgan avtomobilni ko‘rish – bu yaxshi yangilik eshitishingizning belgisidir.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil