Suv tushda ko’rsa tush tabiri suv to‘liq malumot

Suv tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushda toza suv ko‘rmoqlik shodlik, farovonlik ramzi hisoblanadi. Loyqalangan suvni ko‘rishingiz esa aksincha g‘am, ko‘ngilning sovishi, umidsizlikni bildiradi.

Tushda suv ko'rsa tush tabiri

Agarda tushingizda suv ichayotgan bo‘lsangiz unda u suvning rangiga, sifatiga va haroratiga e’tibor qarating: musaffo, yoqimli, salqin suv taqdir sinovlaridan keyingi baxtli hayotni anglatadi.

Dimiqib qolgan suvni ko‘rishingiz – turli muommolarni, juda qaynoq suv – rejalashtirgan safaringizning buzilishi, yoki uning yordamiga muhtoj bo‘lgan dono kishidan ko‘nglingiz qolishini, sariq suv – sog‘liq bilan muommolarni, qora suv – ko‘zlaringizning ojizlashib qolishiga qadar olib keluvchi hastalikni bildiradi.

Tush sohibi o‘z tushida sovuq va shaffof suyuqlikni ichayotganini ko‘rsa – haqiqat (o‘ngi) da dunyoni o‘zgartirish jarayoniga jalb qilinishi va o‘zini ham o‘zgartirish yangilanish, poklanish,yangi sifatlarni o‘zida mujassamlashtirishni anglatadi.

Tushingizda yuqoridan oqib tushayotgan suvni ko‘rsangiz – tez orada sizni koinot o‘z tasir doirasiga olishini va bunga qarshilik qilmasligingizni zero bu hol sizni olamga mashhur etishidan darak beradi.

Suv tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda loyqalangan suyuqlikni ko‘rsangiz – bu g‘am va mashaqqatlar belgisidir. Bu holatga sabr etmoq, insonlarga ezgulik ulashishda davom etmoq zarur, shundagina o‘z hayotingizni o‘zgartirishingiz qalbingiz qorayishiga yo‘l qo‘ymasligingiz mumkinligini anglatadi.

Agarda tushingizda kuchli suv oqimi honadoningizni g‘arq qilayotganini ko‘rsangiz – haqiqat (o‘ngingiz) da butun bir xabarlar oqimi ustingizga yopirilishi va ularning biri ichki dunyoyingizning o‘zgarishiga xizmat qilishini bildiradi.

Tushingizda cho‘kayotganingizni ko‘rishingiz – haqiqat (o‘ngingiz) da muqarrar hodisani qabul qila olmasligingiz, shu sababdan sog‘lig‘ingizning yomonlashishiga olib kelishidan ogohlantiradi.

Tushingizda shaffof suv ichayotganingizni ko‘rsangiz – tez orada  sizni ulkan baxt kutib turganligini bildiradi. Loyqalangan suvni ko‘rsangiz – hastalikga duchor bo‘lishingizdan darak beradi. Bunday loyqa suvda yurish esa ko‘ngil qolishini bildiradi.

Suv tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda suvda yuvinayotganingizni ko‘rishingiz – yengillashish, pozitivlilikni, suvga g‘arq bo‘lish esa – shaxsiy ishingizdagi qiyinchiliklarni anglatadi. Tushda suvni oqizish yoki suvga nimadur to‘kish – oldinda uyatli holat, xatolar va yo‘qotishlardan darak beradi.

Tushingizda buloqni tomosha qilayotganingizni ko‘rishingiz – sizning ishonuvchangligingiz tufayli taqdir siz bilan shafqatsiz o‘yin o‘ynashi mumkinligini, sharsharani kuzatib turganligingizni ko‘rishingiz – qo‘rqinchli uchrashuv yuz berishini anglatadi.

Tushingizda pol ostidan suv chiqa boshlaganini ko‘rsangiz, siz kutilmagan maxfiy dushmanlaringizning to‘siqlariga duch kelishingizni bildiradi. Agar tushingizda suv devorlardan chiqayotganini ko‘rsangiz – haqiqat (o‘ngingiz) da o‘zga insonlar sizning hayotingizga aralasha boshlashini va o‘zingizni himoyasiz deb his qilishingizni anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil