Zirak tushda ko’rsa tush tabiri zirak to‘liq malumot

Zirak tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushingizda ziraklarni ko‘rsangiz — yaxshi yangiliklarni va ro‘zg‘oringizdagi quvonchli tashvirlarni bildiradi, bordiyu bu tushni chorshanbadan payshanbaga o‘tar chog‘da ko‘rsangiz mehmon kutishingizni anglatadi.

Tushda zirak ko'rsa tush tabiri

Agarda seshanbadan chorshanbaga yoki jumadan shanbaga o‘tar chog‘da tushingizda singan zirak yoki ularni o‘zingiz ehtiyotsizlik bilan sindirib qo‘yganingizni ko‘rsangiz — bu tush g‘iybat va mish-mishlar sizga zarar yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Tushingizda ziraklarni ko‘rishingiz — yaxshi yangiliklar va qiziqarli ishlarni bildiradi. Tushingizda singan zirak ko‘rishingiz — dushmanlaringiz siz haqingizda yomon g‘iybat tarqatishining belgisidir.

Tushda ziraklarni ko‘rishingiz — qiz farzandingiz va uning taqdirini anglatadi, bu tush shuningdek sizga boshqalar o‘z sirlarini aytishi va bu sizrlarni siz sir saqlay olishingizning belgisidir.

Tushda zirak taqish — muhabbat bobidagi ko‘ngilsizliklar, kam daromad, g‘iybatlarni ifodalaydi. Bordiyu tushingizda bejirim zirak ko‘rsangiz — sizga sovg‘a berishlarini yoki kimningdir sirni bilib olishingizni bildiradi.

Zirak tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda siz kimningdir qulog‘ida zirak ko‘rsangiz — yolg‘on mish-mishlardan ehtiyot bo‘lishingiz kerakligidan darakdir. Agarda tushingizda zirak yo‘qotganinigizni ko‘rsangiz — sizni ayriliq kutib turganligini anglatadi.

Tushingizda ziraklarni sovg‘a sifatida olganligingizni ko‘rishingiz — o‘o‘ngingizda kimdir sizni aldashidan dalolat beradi. Bordiyu tushingizda siz quloqlaringizga ziraklarni taqayotganingizni ko‘rsangiz — g‘iybatchilarning tuhmati qurboni bo‘lishingizdan ogohlantiradi.

Bundan tashqari, tushingizda zirak yo‘qotib qo‘yganligingizni ko‘rishingiz — yaqin kunlarda sizni talon-taroj qilishlarini anglatadi, bu holat yuz bermasligi uchun o‘z buyumlaringizga juda ehtiyot bo‘lishingiz kerak.

Erkaklarning tushida zirak ko‘rishi — sevgani bilan bog‘liq muammolarni anglatishi mumkin, bu munosabatlarda avvalgi tuyg‘ular uchquni yo‘qoladi va bu tushni ko‘rgan inson yo‘qolgan romantika va uyg‘unlikni tiklash uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilmog‘i lozim.

Sharq mamlakatlarida zirak ularning egasining ijtimoiy holatini tavsiflaydi. Ziraklar soni qancha ko‘p bo‘lsa: burun, lablar, ko‘z qovoqlari, mixlar, kindiklarda tush sohibining martabasi ham shunchalik yuqoriligini ifodalaydi.

Zirak tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda zirakni ko‘rishingiz — bu o‘g‘il farzandli bo‘lish yoki qiz farzandingizni turmushga berishingizni bildiradi.

Agar homilador ayol tushida qulog‘ida oltin ziraklarni ko‘rsa — uning homilasi o‘g‘il ekanligini anglatadi bordiyu turmushga chiqmagan qiz qulog‘ida oltin ziraklarni ko‘rsa — tez orada turmushga chiqishidan darak beradi.

Tushda kumush zirakni ko‘rish — qiz farzandning belgisidir. Tushingizda durli zirak ko‘rishingiz — go‘zal va kam-ko‘stsiz hayot kechirishingizdan dalolatdir.

Erkak kishi tushida zirak taqganligini ko‘rishi — uning odob doirasidan tashqaridagi qilmishlarini yoki tush sohibining ohangdor ovozda kuylay olish qobiliyatiga ega ekanligini anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil