Homilador tushda ko’rsa tush tabiri homiladorlik to‘liq malumot

Homilador tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushingizda o‘zingizni homilador holda ko‘rishingiz – turmush o‘rtog‘ingiz bilan hayotingiz baxtga to‘la bo‘lmasligini u bilan birga baxtsiz bo‘lishingizni anglatadi.

Tushda homilador ko'rsa tush tabiri homiladorlik

Bu tushni bokira qiz ko‘rishi – muammolar girdobida qolishi, uni sharmanda qilishga urunuvchi xarakatlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi. Agar ayol kishi haqiqatda ham homilador, bola kutayotgan bo‘lsa – bu tush unga tug‘ruqning muvaffaqiyatli kechishini, shundan so‘ng u tezda avvalgi qomatiga (ko‘rinishiga)kelishini bildiradi.

Vanganing tush ta’biri talqiniga ko‘ra  tushingizda homiladorligingizni ko‘rish – turmush qurgan ayol uchun quvonchli lahzalarni (agar u o‘zini chetdan kuzatsa, bu tush sohibasining egizaklar dunyoga keltirishidan xabar beradi), turmush qurmagan ayolga esa  baxtsizlikning belgisidir. Bu tush yana shuningdek, shaxsiy hayotingizda sodir bo‘lishi kutilyotgan yoqimli o‘zgarishlarni ham anglatishi mumkin.

Tushda begona ayolning homiladorligini ko‘rishingiz – kutilmaganda qo‘lingizga kiritadigan pul mukofotidan darak beradi. Agarda tushingizdagi homiladorlik tug‘ruq bilan tugasa – hayotingizda muhim o‘zgarishlar bo‘lishi va muammolardan xalos bo‘lishingiz mumkinligidan xabar berib, tug‘ruq qanchalik oson o‘tsa –  muammolarni hal qilish shunchalik osonlik bilan hal bo‘lishini bildiradi.

Homilador tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Freydning tush ta’biri talqiniga ko‘ra homiladorlik quyidagi ma’nolarni kasb etadi. Freyd tushlar ta’birini talqin qilar ekan shu so‘zlarni aytib o‘tadi: «Ba’zida tamaki, bu shunchaki tamaki». Freydning bu so‘zlaridan barcha tushlar ham ta’birga muhtoj emasligi ba’zida bu shunchaki inson ong osti mahsuligina ekanligini anglashimiz mumkin.

Tushingizda o‘zingizning homilador ekanligingizni ko‘rishingiz yuqoridagi so‘zlar dalili bo‘lib – bu aslida (o‘ngingiz)da ham homilador bo‘lganingiz haqida xabar beradi. Bundan tashqari, tush sohibasining hozirgi munosabatlaridan noroziligini va yaqin orada uning hayotida munosib nomzod uchrashini anglatishi ham mumkin.

Erkak kishi tushida o‘zini homiladorligini ko‘rishi – yaqin orada ota bo‘lishga  tayyorligi, uni hozirgi munosabatlar qoniqtirayotganini anglatadi. Ammo kelajakda bu tushni ko‘rgan erkak ayollar bilan bog‘liq muammolarga duch kelishi mumkin. Hozirda uni qoniqtirib kelayotgan turmush keyinchalik buzilishi ham mumkinligidan ogohlantiradi.

Homiladorlik tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Homiladorlik to‘g‘risidagi tush turli jinsdagi, yoshdagi va oilaviy ahvoldagi odamlar uchun bir xilda izohlanadi – bu ijodkorlik yoki moddiy farovonlikning ramzidir.

Agarda hozirda turmush qurgan lekin hozircha ona bo‘lishga tayyor emasman deb hisoblovchi ayol o‘zining homilador ekanligini tushida ko‘rsa –  ona bo‘lishga to‘sqinlik qiluvchi hech qanday  muammolari yo‘qligidan xabar beradi.

Yigitlar tushida homilador ekanligini ko‘rsalar – bu ularning reproduktiv funktsiyalariga ishonchlari komil emasligi va o‘zlarini yetarlicha mardonavor sezmasliklarini bildiradi. Ko‘pincha bunday tushlarni jinsiy hayotidan qoniqmaganlar ko‘rishadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil