Tish tushda ko’rsa tush tabiri tish to‘liq malumot

Tish tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Islomiy tush tabiriga ko‘ra tushda tishlarni ko‘rish oila a’zolari bilan bog‘liq hisoblanadi. Tishlar to‘g‘risida turli xil talqinlar mavjud.

Tish tushda ko'rsa

Old pastki va yuqoridan ikkitasi bolalar, aka-uka va opa-singillarni; keyingi ikkisi — amakilarni; keyingilari — yoshi katta qarindoshlarni yuqori jag‘ tishlari — otangiz tomonni, pastki — onangiz tomonni ifodalaydi.

Boshqa bir tahminiy fikrga ko‘ra, o‘ngdagi tishlar ota tomonning oilasi bilan, chapda — onangiz tomonning oilasi (yuqori — erkaklar, pastki — ayollar) bilan bog‘liq. Tushingizda qaysi tishni yo‘qligini ko‘rsangiz o‘sha qarindoshingiz siz bilan bo‘lmaydi.

Bordiyu tushda birorta tishlaringiz ham yo‘qligini ko‘rsangiz bu yaxshilik alomati bo‘lib, bu tush sizning oila a’zolaringizga nisbatan uzoq umr ko‘rishingizni anglatadi.

Agarda tishlaringizni go‘yoki marjondek oqligini hamda juda ham yaxshi holatda ekanligini ko‘rsangiz — oila a’zolaringiz farovonligini anglatadi.

Tish tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda oltin tishlarni ko‘rishingiz — bu kasallik yoki g‘iybatni (yoki sizning qarindoshlaringiz orasida dono va iste’dodli insonlar borligini anglatadi); kumush tishni ko‘rishingiz — moliyaviy yo‘qotishlarni; yog‘och, shisha yoki mum tishlarni ko‘rishingiz — ular kimda o‘sib chiqqan bo‘lsa o‘sha kishining hayotdan ko‘z yumishini ifodalaydi.

Tish tush tabiri

Tushda tishingizni sug‘irib olib uni qo‘lingizda ushlab turganligingizni ko‘rishingiz — farzandli bo‘lishingizni, aka-uka topishingizni, moliyaviy taraflama foyda ko‘rishingizni anglatadi. Ishbu ikki turdagi tushdan so‘ng oilaviy mojorolarni kutish kerak bular: tishingizni taqillatganligingizni ko‘rishingiz yoki tishlaringizning uzunligi va kengligi o‘sishi to‘g‘risidagilardir.

Tushingizda sog‘lom oq tishlarni ko‘rishingiz barcha sohalardagi farovonliklarni bildiradi: barqaror ish, oilaviy baxt, moliyaviy barqarorlik.

Tushingizda qora va chirigan tishlarni ko‘rishingiz esa o‘z jadvalingizni qayta ko‘rib chiqishingiz kerakligi to‘g‘risida tavsiya etadi. Yaqin orada turli xildagi yumushlar sizga tomon to‘qmoq kabi yog‘iladi.

Tish tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda tushgan tishni ko‘rishingiz sizning atrofingizdan kimdir hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini bildiradi. Agarda tushda tishning tushishi qonash bilan yuzaga kelsa, qarindoshlaringiz orasida kimdir hayotdan ko‘z yumishi mumkinligini anglatadi.

Tish qanday talqinga ega

Bordiyu tushda sizning tishingizni sug‘irib olishayotganliklarini ko‘rsangiz — bu tush sizga yaqin insonning shafqatsizlarcha halok bo‘lishini va bu ishni sodir etgan qotilni topolmasliklarini bildiradi. Bu holatda siz o‘zingizni vaziyatga ta’sir qilaolmaganlikda ayblamang, hech kim taqdir izmidan qochib qutula olmagan.

Agarda tushda tishlaringizning yo‘qligini ko‘rsangiz — qarilik chog‘ingizda yolg‘izlikka tayyorlanishingiz kerakligini ifodalaydi. Hayotingiz yorqin va voqea-hodisalarga boy bo‘ladi, lekin siz barcha yaqinlaringizdan uzoq umr ko‘rib yashaysiz va xotiralar bilan yolg‘iz qolasiz.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil