Xotin tushda ko’rsa tush tabiri xotin to‘liq malumot

Xotin tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Turmush qurmagan erkak tushida uylanganligini ko‘rsa — haqiqat (o‘ngi) da uni nozik hilqat vakilalari bilan bog‘liqlikda kechadigan qiyinchiliklar kutishini yoki ayni vaqt mavjud bo‘lgan munosabatlarning buzilishi mumkinligini bildiradi.

Tushda xotin ko'rsa tush tabiri

Tushingizda begona erkakakning xotinini ko‘rishingiz — haqiqat (o‘ngingiz) da o‘z ayolingiz bilan janjallashishingizni anglatadi.

Agar ayol kishi tushida xushdorining xotinini ko‘rsa va uni oldin biror marta ham ko‘rmagan bo‘lsa — bu tush uning vijdoniga tanbeh berish va ularning munosabatlari oshkor bo‘lishining alomatidir.

Agarda siz tushingizda xushdoringizning xotini bilan urishayotganligingizni ko‘rsangiz — sizlarning jang qilishlaringizga sababchi bo‘lgan erkak oxirgi tanlovni qilishi kerakligini va bu tanlov tush sohibasining foydasiga bo‘lmasligini bildiradi.

Bordiyu tushda xushdoringizning haqiqiy hayotda mavjud bo‘lmagan xotinini ko‘rishingiz — haqiqat (o‘ngingiz) da turmush o‘rtog‘ingiz yoki uning qarindoshlari ishtirokida katta janjal bo‘lishidan darak beradi.

Xotin tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Erkak kishi tushida xotinini homilador bo‘lganligini ko‘rishi — ayoli unga kutilmagan tashvishlar olib kelishini bildiradi. Tushingizda ayolingizning tug‘ayotganligini ko‘rsangiz — birgalikda juda muhim qaror qabul qilishlaringizdan xabar beradi.

Tushingizda xotiningizning tug‘ganligini ko‘rishingiz — haqiqat (o‘ngingiz) da ayolingizning nima deyayotganligini diqqat bilan tinglang, bugun u sizga juda foydali maslahat beradi, bu safar uning sezgisi pand bermaydi.

Tushingizda ayolingizning o‘limini ko‘rishingiz — haqiqat o‘ngda uning xastalanishi yoki sizning u kechira olmaydigan xiyonatingizni bildiradi.

Tushingizda ayolingizning dafn marosimini ko‘rsangiz — yaqin kunlardagi oilangiz bilan bog‘liqlikda sodir bo‘ladigan ko‘p muammolarga duch kelishingizdan ogohlantiradi.

Tushingizda vafot etgan xotiningizni ko‘rishingiz — farzandlar bilan muammolar bo‘lishini bildiradi. Tushda ayoliningizni katlaklayotganligingizni ko‘rishingiz — janjalda bo‘lgan odamlar bilan yarashishingizni anglatadi.

Xotin tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda ayolingiz bilan janjallashishingiz — siz va ayolingizdan birlaringizning betob bo‘lishlaringizni anglatadi.

Agar tushingizda xotiningiz boshqa erkak bilan birga sizni tashlab ketganligini ko‘rishingiz — haqiqat (o‘ng) da sizning rashkingiz asossiz va haqoratli ekanligini bildiradi. Bundan tashqari, ayolingiz qanchalik ochiqchasiga va uyatsizlik bilan boshqa erkak bilan ketgan bo‘lsa haqiqat o‘ng da bu ayol qarama-qarshi jinsga nisbatan shunchalik sodiq va halol bo‘ladi.

Tushingizda xotinni yo‘qotib qo‘yishingiz va uni qidirayotganligingizni ko‘rishingiz — uning sizga hatto joy bo‘lmaydigan yangi va sevimli mashg‘ulotlarini anglatadi.

Agar erkak kishi tushida xotini qandaydir xavfni sezgan holda yashirsa — hayotida u bilan bog‘liq muammoni hal qilish uchun hiyla ishlatishga majbur bo‘lishini bildiradi. Erkak va ayolni o‘z yotog‘ida ko‘rish — romantik ruhda yoqimli sayohatdan darak beradi.

Xotin boshqa tabirlarda

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil