Uzum tushda ko’rsa tush tabiri uzum to‘liq malumot

Uzum tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Taniqli bashoratchi uzumni yaxshilik belgisi deb hisoblaydi. Hattoki tushda ta’msiz, notoza va chirigan uzumni ko‘rsangiz ham — bu sizning shunchaki ortiqcha havotir va shubha-gumonlaringizni bildirib bu holat to‘g‘risidagi qurquv sizni tez orada tark etishini ifodalaydi.

Uzum tushda ko'rsa

Tushda bir shingil uzumni uzishingiz yoki ko‘k rangli uzumni yeyayotganligingizni ko‘rishingiz — sizning o‘zingizning, farzandlaringiz va yaqinlaringizning vaqtixushliklarini va quvonchlarini bildiradi.

Tushingizda uzumdan mo‘l hosil olganligingizni ko‘rishingiz- foydali tanishuvning belgisidir. Bordiyu tushda o‘zingiz yiqqan uzumning hosilini sotayotganligingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda tanishgan do‘stingizning nafaqat yaxshi do‘st balki ishonchli hamkor ham ekanligini anglatadi.

Tushingizda sharob tayorlayotganligingizni ko‘rishingiz — ish faoliyatingizdagi muvaffaqiyatlarni anglatadi. O‘ylayotgan fikrlaringizdan qo‘rqmang bu fikrlaringiz bilan birgalikda, barcha muommolarni yechasiz.

Agarda tushda shunchaki uzum solingan savatni olib ketayotganligingizni ko‘rsangiz o‘ngingizda sizni ishqiy sarguzasht kutayotganligini bildiradi. Ushbu ishqiy sarguzasht yorqin va yodda qolarli buladi.

Uzum tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda uzumning qay bir turini oq yoki qizil turini ko‘rishingiz uni qay vaqt ko‘rganiz bilan bog‘liq bo‘lib, agarda uzumni mavsum payti ko‘rsangiz — ish faoliyatingizda yordamga ishonishingiz mumkinligini anglatadi.

Uzum tush tabiri

Bordiyu mavsum paytida emas bo‘lsa — sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muommolarga duch kelishingizni bildiradi. Shu bilan birgalikda tushingizda hali pishib yetilmagan uzum shingilini ko‘rishingiz ham sog‘lig‘ingiz bilan muommolardan ogohlantiradi.

Tushingizda yetilib pishgan, suvli uzumni ko‘rishingiz esa hayotingizni barcha sohalarida baxtga erishishingizni ifodalaydi.

Tushingizda uzum sharbatini tayyorlayotganligingizni ko‘rishingiz — davlat hokimiyatiga ishga kirishingizni bildiradi.

Tushda tok novdasini ko‘rishingiz — taqvodor, sahiylik va mehmondo‘stlikni anglatadi. Tushingizning tafsilotlaridan bunday inson bilan uchrashingizni yoki sizning o‘zingiz shunday insonga aylanishingizni bilib olishingiz mumkin.

Uzum tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda uzumni ko‘rishingiz bu lazzatlanish va ehtiros bilan bog‘liq. Agarda siz tushda shirin va yetilib pishgan uzum mevasini iste’mol qilayotganligingizni ko‘rsangiz — o‘ngingizda siz hayotingizning jinsiy tomoniga juda katta ahamiyat berishingizni, ba’zi hollarda siz bunga mukkasidan ketganingizni bildirishi ham mumkin.

Uzum qanday talqinga ega

Siz jinsiy hayotingizda hammasi yaxshi bo‘lsa, boshqa hech bir jabhada, hech qanday muammolar bo‘lmaydi deb o‘ylaysiz. Shuningdek, siz oiladagi barcha nizolarni yotoq orqali hal qilishni afzal ko‘rasiz.

Hozircha bu usul sizga qo‘l kelayotgan bo‘lsada, bir kun sizning ayolingiz bu holdan charchashini va siz vaqtlar davomida to‘planib qolgan muammolaringizni boshqa yo‘llar bilan hal qilishingiz kerak bo‘lishini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil