Uzuk tushda ko’rsa tush tabiri uzuk to‘liq malumot

Uzuk tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Qur’oni Karim sharhlovchilari uzuklar haqidagi tushlarning tafsilotlariga izoh berishar ekan bunda uzuklarning qanday materialdan yasalganligi, uning holati, nima bilan taqilganligi va u bilan nima qilinganligi muhim rol o‘ynaydi.

Uzuk tushda ko'rsa

Shunga ko‘ra, oltin uzuk farzand kutayotgan oilada o‘g‘il tug‘ilishidan darak beradi. Tushingizda yogochdan yasalgan zargarlik buyumlarini ko‘rishingiz esa ikkiyuzlamachi ayolni anglatadi, atrofingizdagilarga diqqat e’tiborli bo‘ling.

Turmush qurmagan insonlar ushbu zargarlik buyumini qo‘liga taqishi — bu yaqin oradagi nikohning belgisidir. Agarda tushda siz ko‘rgan uzuk kumush bo‘lsa va buni samo (ko‘klar) dan sovg‘a ekanligiga amin bo‘lsangiz, unda siz yanada taqvodor va xushfe’l, odobli bo‘lishingizni bildiradi.

Ammo tushda oyog‘ingizga uzuk taqishingiz yomon belgi hisoblanadi. Bu tush ikki xil ma’no kasb etib yaxshi holatda, sizga tashvish va qayg‘u keltirishi bilangina yakunlansa, yomon holatda esa hibsga olinishingiz yoki qamoqqa tushishingizni anglatishi mumkin.

Uzuk tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Zargarlik buyumlarini buzilishi to‘grisidagi tush yomonlik belgisidir. Modomiki umuman olganda uzuk bu kuch — qudratni, farovonlikni, ulug‘vorlikni va shon-sharafni ramziy ma’nosi hisoblansa, zargarlik buyumlarini illat (nuqson) lari yuqorida sanab o‘tilganlarning qay birinidir yetishmasligidir.

Uzuk tush tabiri

Tushda uzukingizning toshi tushib qolganligini ko‘rishingiz, ayniqsa yomon belgi sanalib — bu tush bolangizni yo‘qotgunga qadar jiddiy muammolar va sinovlarga tayyorgarlik ko‘rishingiz kerakligini bildiradi.

Erkaklar uchun singan uzuk ajralishni anglatadi, ayollar uchun har qanday nuqson (shuningdek yaxshilanish) hayotining o‘zgarishini anglatadi.

Uzuk tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda uzuk sizga qanday qilib kelganligi muhim. Agar siz uzukni topib olganingizni ko‘rsangiz, siz chet el fuqarosidan foyda ko‘rishingizni, nikoh qurishingizni yoki farzand ko‘rishingizni, ayollar tushlarida kimdir unga uzuk sovg‘a qilganligini ko‘rishlari nikoh va farzandlarni ifodalaydi.

Uzuk qanday talqinga ega

Bordiyu ushbu uzuk sizga payg‘ambar yoki olim inson tomonidan berilgan bo‘lsa — yangi bilimga ega bo‘lishingizni anglatadi. Agar uzuk kumushdan tayyorlangan bo‘lsa. Oltin yoki temirdan yasalgan bo‘lsa, muammolarni kuting.

Tushda uzukni nafaqat qo‘lga kiritmoqlik, balki undan ajralish ham mumkin. Shu izohda, agar hokimiyat vakili tushda uzuk yechib olyotganligini ko‘rsa, o‘z mavqeini yoki xotinini yo‘qotishi mumkinligini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil