Tuxum tushda ko’rsa tush tabiri tuxum to‘liq malumot

Tuxum tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Taniqli bashoratchi Vanga tovuq tuxumini yer shari, bizni o‘rab turgan barcha narsaning ya’ni butun dunyoning ramzi deb hisoblaydi.

Tuxum tushda ko'rsa

Shu sababli, agarda tushda aynigan tuxumni ko‘rsangiz – yer shari qutilib qolish uchun hech qanday najot bo‘lmagan yangi qurollar paydo bo‘lishi sababli xavf ostida qolishini bildiradi. Ushbu vayronagarchilik vositalari ya’ni qurollar, insoniyatni yo‘q qilishga qodir bo‘lgan nomunosib insonlar qo‘liga tushishini anglatadi.

Tushda singan tuxumni ko‘rishingiz — kosmik xavfning belgisi bo‘lib, Bir kun meteorit yog‘ishi mumkinligini va u yer yuzini parchalab, undagi barcha hayotni yo‘q qilib tashlashini bildiradi.

Bordiyu tushda tuxumni qaynatayotganligingizni ko‘rsangiz — daxshatli jazirama davri bo‘lishini, shu tufayli dengizlar va daryolar qurib, o‘simliklar va hayvonlar nobud bo‘lishini, insonlarning esa yangi sharoitga moslasha boshlashidan darak beradi.

Agarda siz qaynatilgan tuxumni iste’mol qilayotganligingizni ko‘rishingiz, eslatma bo‘lib bu: insonlar, hayvonlar tirik qolishlari uchun bir-birlarini iste’mol qilishlarini (kannibalizm) yuzaga kelishini anglatadi.

Shu sabali ham insonlar doimo Ollohga u tortiq qilayotgan barcha noz-ne’matlar uchun hamd aytishlari undan doimo minnatdor bo‘lishlari kerakligini anglatadi.

Tuxum tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tovuq tuxumi ayollar bilan bog‘liq bo‘lib (Qur’oni Karimda aytilganidek, «ular ehtiyotkorlik bilan saqlanadigan tuxumlarga o‘xshaydi») ya’ni ayollar ham huddi tuxum singari nozik ekanligini ayollarni asrab – avaylash lozimligini anglatadi.

Tuxum tush tabiri

Tushingizda qaynatilgan tuxumni ushlasangiz — sizni uzoq vaqtdan beri bezovta qilayotgan jiddiy muammolaringizni hal bo‘lishini bildiradi.

Tushda tuxum sotib olib va ularni qovurilgan yoki qaynatilgan holda iste’mol qilish — moliyaviy daromadni, hom, pishmagan holda iste’mol qilish — nopok yo‘l bilan boyishni bildiradi.

Tusha ko‘p miqdordagi tuxum ko‘rishingiz — ko‘p miqdorda bo‘lgan qimmatbaho buyumlarni yo‘qotish yoki zarar yetqazishdan qo‘rquvingizni ifodalaydi.

Tushda tovuq tuxum qo‘yganini ko‘rdimgizmi? Farzandingiz dunyoga kelishiga tayyor bo‘ling. Agarda ayol kishi tuxum qo‘yganligini ko‘rsa, uning farzandi xudoga ishonmaydigan dinsiz bo‘lishini anglatadi. Bordiyu sizga tuxum berishganligini ko‘rsangiz — olijanob merosxo‘ringiz bo‘lishidan darak beradi.

Tuxum tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda tuxumlarni tovuq uyasida ko‘rishingiz — moddiy tomonlama foyda, daromadni (agar siz yovvoyi qushning tuxumini topsangiz, uzoq qarindoshlardan meros ko‘rinishidagi daromad) va oilada baxt-u saodat (ayollarga tez-tez sevimli ishlar bilan mashg‘ul bo‘lish) ni anglatadi. Savatda ko‘rishingiz esa — biznes hamkorlikdan olinadigan foydani bildiradi.

Tuxum qanday talqinga ega

Tovuq tuxumini iste’mol qilish sizning uyingizda paydo bo‘ladigan g‘ayrioddiy tashvishlarni ifodalaydi. Tushda singan yangi tuxumlar ko‘rganingizdan so‘ng ishlaringiz yaxshilana boshlaydi. Taqdir sizga saxovatli tuhfalar hadya etadi va atrofdagilar sizni adolat tuyg‘usiga ega bo‘lgan yuksak inson sifatida yaxshi ko‘rishadi.

Tushda aynigan tuxumlarni ko‘rishingiz — yaqinlashib kelayotgan biznesingizdagi muammolarni, biror bir narsaga egalik huquqidan mahrum bo‘lishingiz haqida ogohlantiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil