Qo’y tushda ko’rsa tush tabiri qo’chqor to‘liq malumot

Qo’y yoki qo’chqor tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Zamonaviy katta tush tabiri talqinida qo’chqor yoki qo’y nima sababdan tushingizga kirishi haqida ta’riflar quyida ko‘rsatilgan.

Tushda qo'y qo'chqor ko'rsa tush tabiri

Tushingizda qo’chqorni ko‘rsangiz – bu muvaffaqiyat va omaddan darakdir. Tushingizdagi qo’chqor shoxining chambarlari qanchalik ko‘p o‘ralgan bo‘lsa, shunchalik baxtli hayot sizni kutib turganidan dalolatdir.

Tushingizda qo’y so‘yayotganingizni yoki kimningdur so‘yayotganligini ko‘rishingiz va bu holat sizda yoqimsiz tuyg‘u uyg‘otsa – haqiqat (o‘ngingiz) da sizning honadoningiz to‘kin bo‘lishi kutilyotganidan darak beradi. Siz moliyaviy jihatdan boy inson bo‘lmasligingiz mumkin, ammo sizda farovon hayot kechirishingingiz uchun barcha narsalar, sharoitlar yetarli darajada.

Qo’y tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Agarda ayol kishi tushida qo’y so‘yayotganligini ko‘rsa – yaqin kunlarda oilaviy turmushida katta janjal kutib turganligini anglatadi. Bu janjal turmush o‘rtog‘ining rashki sabab vujudga keladi. Ayol turmush o‘rtog‘ining assosiz rashk qilmayotganligini, ammo bunday katta janjalga sabab bo‘luvchi hech bir hodisa yuz bermaganligini anglab yetishidan darak beradi.

Tushingizda qo’y yoki qo’chqor sotib olishingiz – Yaqin oradagi nikohning daragidir. Bu nikoh uzoq, turmushingiz – baxtga to‘la bo‘lib, chaqaloq in’om etuvchi laylak honadoningizni chetlab o‘tmasligini anglatadi.

Tushingizda qo’chqorning shoxidan qattiq ushlab qurbonlik qilish uchun olib kelayotganingizni ko‘rsangiz – Sizning lider ekanligingiz, qiyin vaziyatlardan sharaf bilan chiqib keta bilishingizni bildiradi. Yana bu tush – dushmanlaringiz sizga chox qazimoqchiligidan ham ogohlantiradi. Siz o‘z sifatlaringiz bilan makkor dushmanlaringizning nayranglariga qarshi tura ola bilasiz.

Qo’chqor tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda sizga qo’chqor hujum qilganini ko‘rsangiz – Ohirgi vaqtlarda nimadandur qo‘rquvni his etishingizni balkim bu ish faoliyatingiz bilan bog‘liq bo‘lib, boshlig‘ingiz bilan tortishuv yoki u bilan uchrashishdan qochish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkindir.

Dadil bo‘ling va o‘z mardonavorligingizni yordamga chaqiring. Shunday bir kun keladiki bu holatdan qo‘rqish emas balki kulishingiz kerak bo‘lganligini bildiradi.

Tushda o‘lik qo’yni ko‘rish – xatolaringizni kutib turayotgan va bundan foydalanmoqchi bo‘lgan dushmanlaringiz mavjudligini anglatadi. Ular sizning xato qilishingizni kutib turibdilar, sal burilishingiz bilanoq yovuzlikka duch kelishingiz mumkinligidan ogohlantiradi.

Tushingizda honadoningizga qo’y olib kelishingiz – baxtni anglatadi, agarda qayg‘u bo‘lsa ham bu faqat yaxshilik uchun sodir bo‘lganligidan darak beradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil