It tushda ko’rsa tush tabiri it to‘liq malumot

It tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? It sodiq do‘stlar bilan birgalikda xavfli dushmanlar ramzi hamdir. Tushingizda itni ko‘rsangiz — bu siz va sizning do‘stingiz o‘rtasidagi uzoq va ishonchli munosabatlardan darak beradi. Do‘stingizga bemalol suyanishingiz mumkin.

Tushda it ko'rsa tush tabiri

Tushingizda yovvoyi itni ko‘rsangiz — bu haqiqat (o‘ngingiz) da birinchi ko‘rinishda yechib bo‘lmaydigan ixtilof (konflikt) ni yechishga urinishingizni anglatadi. Tushingizda jaxldor itni ko‘rsangiz — bu yaqin kunlarda sizni omadsizlik va dushmanlaringizning makkarona hiylalari kutib turganligidan ogohlantiradi.

Agarda tushingizda yuvosh yoqimtoy itni ko‘rsangiz — bu omad va sodiq do‘stlaringiz bo‘lishini anglatadi. Tushingizda siz nasldor itni ho‘jayini ekanligingizni ko‘rsangiz — haqiqat (o‘ngingiz) da siz moddiy badavalat bo‘lishingizdan darak beradi.

It tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda iskovuch it sizning izingizdan kelayotganini ko‘rsangiz — bu tush nafsingiz vasvasasini jilovlashingiz kerakligini aks holda buning oxiri yomonlik bilan tugashi hattoki o‘limingizga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantiradi. Tushingizda it sizni tishlab olganini ko‘rsangiz — bu tush oilaviy hayotingizda turmush o‘rtog‘ingiz bilan ham, ish faoliyatingizda ham totuvlik bo‘lmasligidan xabar beradi.

Tushingizda ozg‘in va notoza itni ko‘rsangiz — yaqinda sizni omadsizliklar yoki kasallik kutib turganligini anglatadi. Tushingizda siz itning akkilayotganini ko‘rsangiz — haqiqatda siz noxush xabar eshitishingizdan darak beradi. Tushingizda ovchi iti sizning uyingizda ekanligini ko‘rsangiz- ish faoliyatingizda yuksalishlar belgisidir.

Agarda ayollar tushlarida yoqimtoygina nozik va zotdor itni ko‘rsalar — bu tush yengiltak va olifta oshig‘ining quruq vadalari belgisi. Agarda tushingizda katta itga duch kelib qo‘rqib ketganingizni ko‘rsangiz — sizning mashaqqatlaringiz tufayli tog‘ridan — to‘g‘ri razilliklarga to‘sqinlik qilinishini bildiradi. Huddi shu tushni ayol kishi ko‘rishi esa — kelajakda u munosib turmush o‘rtoq bilan o‘z taqdirini bog‘lashidan darak beradi.

It tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda sizning orqangizda itning irrilab turganini ko‘rishingiz — haqiqat (o‘ngingiz) da siz anchadan beri orzuingizdagi qiziqishlaringizga qaysidir ig‘vogar aralashishi va uni amalga oshmasligi uchun urinishlaridan ogohlantiradi. Bazida bu tush sizning mag‘lub bo‘lishingizni ham anglatadi ammo ushbu tush har doim abjirlik bilan to‘sqinlik qilishingiz va o‘z maqsadlaringizga erishishdagi sinovlarni yengib o‘tishingiz kerakligini bildiradi.

Tushingizda kutilmaganda mushuk bilan it bir — birlariga tashlanib qolganliklarini ko‘rishingiz — qalb ishi borasida omadsizlikga uchrashingizni anglatadi. Tushda oq rangli itni yoningizda do‘stona aylanayotganini ko‘rsangiz — haqiqat (o‘ngingiz) da sizni ish faoliyatingizda ulkan omad va shaxsiy hayotingizda ham sevgi kutib turganligini anglatadi.

Tushingizda ko‘p boshli itni ko‘rishingiz — sizni bir paytda ko‘p ish bilan qiziqmasligingiz haqida ogohlantiradi: bu ovoragarchilik yani behuda qilanayotgan harakatliligini bildiradi. Tushingizda sizni quturgan it taqib etayotgan bo‘lsa — barcha kuch — g‘ayratingizni jangda g‘olib chiqishga safarbar etishingiz kerakligidan xabar beradi.

Agarda bu tushda ortingizdan taqib etib kelayotgan quturgan itni o‘ldirsangiz yoki quvib yuborsangiz yaxshilik alomatdir yani siz yutib chiqishingizni bildiradi. Tushingizda it bilan sayr qilib yurganinigizni ayniqsa zotdor it bilan yurganingizni va u it ilonni o‘ldirayotganini ko‘rsangiz — har ikki holatda ham bu juda ham xayrli alomatdir.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil