Daraxt tushda ko’rsa tush tabiri daraxt to‘liq malumot

Daraxt tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Umuman olib qaralganda tushda daraxtni koʻrish faqatgina ikki xil maʼno kasb etadi. Bular albatta yaxshilik yoki yomonlik, baxt va baxtsizlik bilan bogʻliqdir.

Tushda daraxt ko'rsa tush tabiri

Barhayot yam – yashil barg urib turgan daraxt ezgulik belgisidir. Uning shox-shabbasi qanchalik serob quyiq boʻlsa shunchalik atrofdagi yaxshilik, ezgulikdan darak beradi. Aksincha qurib qolgan yoki singan daraxt deyarli barcha tush taʼbirlarida yaxshilik belgisi emas balkim behosiyatlilikni anglatadi.

Xoʻsh yana qanday tush taʼbirlarida bunga qanday izohlar berilganligi haqida birgalikda tanishamiz.

Daraxt tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Barhayot jonli (tirik) va baquvvat daraxt yoki oʻsimlik (buta,yarimbuta) — daromad, qurib qolgan yoki singan — moddiy zarar yoki bemorlik belgisidir. Daraxt ekish — moddiy ravnaq boylik, daraxtni arralash — oilaviy hayotingizdagi yoʻqotishlar, oila aʼzolaringizning biror xastalik bilan ogʻrishidan darak beradi.

Qurib qolgan daraxt — omadsizlik, bemorlik, aʼza, gʻam-andux, xiyonatni anglatadi. Agar qurib qolgan daraxtni yaqin qarindoshlaringizning yoki yaqin birodaringizning hovlisida koʻrsangiz — aynan shu hovlida qandaydir koʻngilsizlik, baxtsizlik sodir boʻlishidan ogohlantiradi.

Tushda egilgan darxt — ehtiyoj, yiqilgan — oiladagi janjal, olov ichra yonayotgan — gʻam-andux va moddiy zarar, barg va shox-shabbasiz yalangʻoch — kasallik yoki bevalik (tullik, yetimlik), sersoya — rejalarning amalga oshishi, gullab turgan daraxt — omad, daromad, quvonchli hodisalar, baxtni anglatadi.

Daraxt tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda daraxtni koʻrish tush koʻrgan inson bilan oʻzaro bogʻliqlikda sodir boʻladi yaʼni uning omma, yon-atrofdagi tutgan oʻrni unjng tushida daraxt siymosida namoyon boʻladi.

  • Poya — uning jamoa oldida tutgan oʻrni.
  • Oʻzak tomir — hayotiy strategiyalari va koʻrsatmalari.
  • Barglari — yon-atrofidagilar bilan uzviy aloqasi.
  • Poʻstloq qismi — hayotda uchrab tiradigan turli qiyinchiliklar koʻngilsiz hodisalarga bardoshliligini yaʼni sershox boʻlsa yon-atrofidagilar uni hurmat qilishi yoki aksincha shoxlari kam boʻlsa unga behurmat qarashlarini bildiradi.
  • Baquvvat, yam-yashil sershox va serbarg daraxt — hayotda oʻz oʻrniga ega odamlarninggina tushiga kiradi deyiladi.
  • Qurib qolgan bargsiz daraxt — yakkalik, bir zumda roʻyoga aylanuvchi hodisalardan darakdir.
  • Agarda tushingizda daraxtning gullayotganini koʻrsangiz — endi tugʻilayotgan yaqinlik xislari, sevgini anglatadi.

Daraxt tushda ko’rsa nima bo’ladi

Oldingi taʼbirlarda boʻlgani kabi, unda baquvvat daraxt tez daromad olishni, gullayotgan daraxt – biznes yutuqlarini, mevali – yaxshilik va tinchlikni bildiradi. Tushda kesilgan daraxt – bu salbiy belgi boʻlib yoʻqotishlarni, oʻzagidan bir maromda kesilgan daraxt – oʻlim va motamni anglatadi yohud yaqinlashib kelayotgan yoʻqotishlardan darakdir.

Alanga ichra yonayotgan daraxt – yaqin oradagi modfiy yoʻqotishlar belgisidir. Tushda daraxt xodasi yoki  butani koʻrish – merosni moddiy boylikni anglatib uning hajmi qanchalik qalin boʻlsa, moddiy foyda ham shunchalik katta boʻladi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil