Tanga tushda ko’rsa tush tabiri tanga to‘liq malumot

Tanga tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Ushbu tush tabirida siz tushda tangalarning hafta kunlari bo‘yicha nimani anglatishini bilib olishingiz mumkin.

Tanga tushda ko'rsa

Tushda tanglarni dushanba tunida ko‘rishingiz kimningdir sizdan olgan qarzini qaytarishini yoki kimdir o‘z so‘zining ustidan chiqishini anglatadi.

Seshanba yoki yakshanba tunida ko‘rishingiz- hotirjam hayot kechirishingizni anglatadi. Ayollar uchun dushanba tuni oltin tangani ko‘rishlari behuda orzu-umidlarni, seshanba, chorshanba, payshanba yoki juma tuni ko‘rishlari omadlari kelishlarini, shanba yoki yakshanba tuni ko‘rishlari o‘zini yaxshi his etishlarini bildiradi.

Erkaklar uchun oltin tangani dushanba tuni ko‘rishlari qaror qabul qilishlaridan avval bilimli, ko‘pni ko‘rgan insonlar bilan maslahatlashishlari zarurligini anglatadi.

Seshanba, chorshanba, payshanba yoki juma tuni ko‘rishlari – ogohlantirish bo‘lib: ig‘volardan ehtiyot bo‘lishlari ketakligini bildiradi.

Shanba yoki yakshanba tuni ko‘rishlari — o‘ziga jalb etuvchi qiziqarli takliflarni taklif qilinilishini anglatadi, ammo bu takliflarga katta ehtiyotkorlik bilan qarashlari lozim.

Tushda tanga teshayotganligingizni ko‘rishingiz – sehr-jodu tahdid qilishini bildiradi.

Tanga tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushda qaerdan kelganligi nomalum va kurinishidan to‘rt donadan ko‘p oltin tangalarni ko‘rishingiz yomonlik alomatdir. Bu tangalarga kim egalik qilganini ko‘rsa usha kishi o‘zi to‘g‘risida yoqimsiz gaplarni, g‘iybatlarni eshitishini ifodalaydi.

Tanga tush tabiri

Agarda ushbu tangalarning qaerdan kelganligi ma’lum bo‘lsa bu tush o‘z muommolaringizni va yumushlaringizni birdaniga hammasini emas balki sekin-astalik bilan hal qilishingizni bildiradi.

Agar ular to‘rt donadan kam ekanligini ko‘rsangiz — bu farzanddan darakdir. Kumush tangalar insonning hol-ahvoliga qarab turli xil talqin etiladi.

Ba’zi bir insonlarga mashaqqatlar ortidan keluvchi yaxshiliklarni anglatsa, boshqa birlarga xushxabarlarni anglatadi.

Tanga tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Qalbaki tangalar bahs-murozani va beodob so‘zlarni anglatadi va kimningdir boshqa bir insonga taqdim etayotganini ko‘rsa o‘sha inson sirlarini sizga ishonib aytishini yoki aksincha siz u insonga sirlaringizni aytishingizni bildiradi.

Tanga qanday talqinga ega

Tushda bir tangani boshqasiga almashtirsangiz o‘ngingizda o‘z hatti-harakatlaringizga tanqidiy yondashishingizni va o‘z hayotingiz haqida jiddiy o‘ylashingizdan darak beradi.

Ba’zi insonlarning fikriga ko‘ra umuman tushda har qanday pulni ko‘rishin bu yoqimsiz hodisalarni havotir va hayajonlarni bildiradi.

Kimdandir pul olish yaqin qarindoshlar, tanishlar yoki hamkasblar bilan mojarolarni bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil