Non tushda ko’rsa tush tabiri non to‘liq malumot

Non tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Freyd tush ta’biri bo‘yicha nima sababdan tushingizga non kirishi mumkinligi haqidagi talqinni quyida bilib olishingiz mumkin: Tushda non yeyayotganingizni ko‘rsangiz – bu sizning oddiy va sodda insoniy aloqalarni sog‘inganingizni, taqdir esa sizni nuqul jo‘shqin yig‘inlar, qisqa va yelpi hech narsa talab qilmaydigan yuzaki aloqalar bilan siylayotganini anglatadi.

Tushda non ko'rsa tush tabiri

Albatta buning barchasi sizning his-tuyg‘ularingizning boyishiga olib keladi, ammo ba’zi paytlarda ko‘ngil sodda insonlarning beg‘ubor suhbatlariga, oddiy  kechinmalarga muhtoj bo‘lib qoladi. Buning misoli tariqasida jamoat transportida yurish yoki tanho bir sevimli inson bilan aloqalarni aytib o‘tishimiz mumkin.

Tushingizda»buxanka» nonni bo‘laklarga bo‘layotganingizni ko‘rsangiz – bu shaxsiy hayotingizda bo‘layotgan ayol va erkak munosabatlarida ko‘p quvvat yo‘qotishdan qo‘rqishingizni lekin shu «tajash» sababli uni g‘amnok va tushkun bo‘lishini bildiradi. O‘zingizni erkin tutishga va butunlay qoniqish hosil qilishga harakat qiling aynan ana shundagina siz o‘zingiz va ayolingiz munosabatlarida farovonlikga erishishga muvaffaq bo‘lasiz.

Tushda suvi qochgan qattiq nonni ko‘rish – qachonlardir siz uchun qiziq bo‘lgan eski aloqalarni anglatib, bu endi o‘tmish ekanligini va hozirda undan kechish o‘tmish bilan yashamasligingiz kerakligidan dalolat beradi. O‘z-o‘zingizga savol berib kuring eski aloqalardan voz kechish fursati yetmaganmikan?

Agarda tushingizga yangi huddi endi tandirdan uzilgan kabi issiq non kirsa – yaqin orada sizning hayot yo‘lingizda shunday bir inson uchrashi va u sizga o‘zining shijoati, hayotga nazarini sizga ham «yuqturishi»ni anglatadi.

Non tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Uy bekasi non tayyorlash uchun xamir qorar ekan, u ya’ni qorayotgan xamiri bilan suhbatlashishi va aslo haqoratli so‘zlar ishlatmasli shart aks holda bu pishirayotgan nonningizning o‘xshamay pishishiga sababchi bo‘ladi.

Non – bu bebaho ne’mat aynan shuning uchun ham biz uni asrab-avaylashimiz hamda hurmat bilan qarashimiz darkor. Tushingizda nonni ko‘rishingiz- hayot oqar suv kabi oqishda davom etayotgani va ro‘zg‘oringizda oziq-ovqat mo‘l ekanligidan darakdir.

Tushingizda sizni non bilan mehmon qilayotganlarini va keyingi bo‘lakni olayotgan paytingiz sizga daxshatli nigoh bilan boqib turganligini ko‘rishingiz- hohish-istaklaringizga ortiqcha erkinlik bermasligingiz, haddan oshishiga qo‘ymasligingiz kerakligini bildiradi. Ko‘proq boshqalar yoningizdagilar to‘g‘risida o‘ylang.

Tushingizda stoldagi dasturxon o‘rtasida turgan qip-qizil, maromiga yetib pishirilgan nonni ko‘rib, zavqlanayotganingizni ko‘rsangiz – siz ajdodlaringizdan qolib kelayotgan an’analarga sodiq bo‘lishingizni anglatib, yoshlik chog‘ingizdagi mo‘jaz oilaviy muhitni eslatadi.

Non tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda siz kontsertga borishdan oldin non sotib olish uchun uzun qatorda navbat kutib turganingizni ko‘rishingiz – hayotingizni tartibga sola olmayotganingiz, shu sabab keyingi kutilmagan sovg‘aga tayyor turishingizdan, mas’uliyatli tanlov qilishingiz kerakligidan, qiyin ahvolga tushib qolishingizdan xabar beradi.

Tushda qo‘shnilaringizdan qarzga non so‘rash uchun borganinigizni ko‘rishingiz – ochlik va pul etishmasligidan qo‘rqishingizni anglatib, uyatchanlik sizni azoblaydi, qarzdorlarga qarzlari to‘g‘risida eslatib turishingiz kerakligini bildiradi.

Tushingizda yosh bolaning ko‘chada non ushog‘ini terayotganini ko‘rishingiz – bolalar to‘g‘risida qayg‘urishingizni, ajralishni, bolangizga o‘zi so‘ragan sovg‘ani berolmasligingiz bunga qurbingiz yetmasligini anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil