Ilon tushda ko’rsa tush tabiri ilon to‘liq malumot

Ilon tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushda ko‘rilgan ilon dushmandan ogoh etadi. Bahaybat va uzun ilon tushga kirishi havotirlanish va qo‘rquv demakdir. Bordiyu tushda kattakon ajdarho ko‘rsangiz va undan qo‘rqmasangiz mol davlat kelishi demakdir.

Tushda ilon ko'rsa tush tabiri

Agar siz tushda uyingizga ilon olib kirayotgan bo‘lsangiz, o‘ngingizda dushmanlar hiylasiga duchor bo‘lishingiz mumkinligidan ogoh etadi.

Tushda ilonni ushlaganingizni ko‘rsangiz dushmanlaringizdan sizga boylik kelishiga tabir qilinadi. Agar tushda ko‘rilgan ilonni o‘ldirishni uddasidan chiqsangiz, o‘ngingizda dushmanlaringizni mag‘lub etshingiz oson kechadi. Agar tushingizda ilon sizni chaqsa, demak siz dushmanlaringiz tomonidan ko‘p qiynoqlarga solinishingiz mumkin.

Agar ko‘chalarda ilonlar galasi yurganligini ko‘rsangiz, o‘sha joylarda janjal va kelishmovchiliklar kuzatilishidan dalolat beradi. Tushda namoyon bo‘lgan qora rangdagi ilon juda ayyor va makkor dushmandir. Qolaversa ilon sel hafi va mol davlatga ishoradir. Bordiyu siz biron bir uy ichidan ilon chiqayotganligini ko‘rsangiz, o‘ngda, o‘sha uyda ko‘ngilsizliklar kuzatilishi mumkinligidan ogoh etadi.

Bemor yotgan kishining og‘zidan ilon chiqayotgan bo‘lsa, o‘ngda, o‘sha kimsa vafot etishiga tabir qilingan. Tushda ko‘rilgan uy iloni, qo‘shnilarni bildiradi. Cho‘l iloni esa qaroqchilarni.

Ilon tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Zamonaviy tush tabirida ilon, dushmanga, davlatga, xazinaga ishora beradi. Bordiyu tush sohibi bu ilondan qo‘rqmasa, demak bu tush davlat hisoblanadi. Qolaversa tushdagi ilon badavlat dushmandir. Chunki zahar tabiri davlatdir. Agarda ilon yaxshi ohangda gaplashsa, o‘ngda dushmanlar tomonidan hayratga soladigan yaxshi habar eshitish demakdir. Tushda ilon chaqishi, o‘ngdagi falokatga tabir qilingan.

Tushdagi ilon ovozi, o‘ngdagi qo‘rquvdan dalolat beradi. Ibn Siyriyn tushda ko‘rilgan ilon hususida shunday deganlar. Kimda kim tushida ilon ko‘rsa, demak uning dushmani bordir. Bordiyu ilonni uyida ko‘rsa, dushmani o‘z uyi yoki yaqin kishisi bo‘lishi mumkin. Agar sahroda ilon ko‘rsa, demak, uning dushmani begona kimsa ekanligini anglatadi.

Agar ilonlar bilan janga kirsa, o‘ngida dushmanlari bilan murosaga borgay, Agar ilonni mag‘lub etsa, dushmani ustidan g‘alaba qozonishini bildiradi. Bordiyu bu ilon tush sohibiga ziyon yetqazsa, dushmanidan aziyat chekishini bildiradi. Tushda ko‘rilgan ilonlar qanchalik bahaybat bo‘lsa, dushmanining kuch qudrati ham shunga yarasha katta bo‘lishidan dalolat beradi.

Ilon tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Nostradamus tabiriga ko‘ra tushdagi ilon yovuziklardan dalolat beradi. Oq ilon esa tush sohibiga qandaydir bir yordam kerakligiga ishora beradi. Ilonlar ichida yurish, o‘ngda, og‘ir hastalikni boshdan kechirish mumkinligi haqida ogohlantiradi. Tushda ilonning tishlashi yoki bo‘lmasam chaqishi, o‘ngdagi, yomon niyattda bo‘lgan kimsalar fitnasiga duchor bo‘lishdan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerakligini anglatadi.

Tushda ko‘rilgan ilon g‘ayrioddiy ko‘rinishda bo‘lsa, tush sohibi uchun hafv hatarlar mavjudligi haqida ogoh etadi, lekin ularga etibor qaratish tavsiya etilmaydi, shundagina ruhiyatingizni yaxshi saqlab qolishingiz mumkin. Bordiyu bir biri bilan jang qilayotgan ilonlarni ko‘rsangiz, o‘ngingizda, do‘stlaringiz va yaqinlaringizni hafa qilib qo‘yishingiz mumkinligini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil