Olma tushda ko’rsa tush tabiri olma to‘liq malumot

Olma tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Mashxur psixoanalitik Zigmund Freydning tush tabiri asosan shahvoniyat (jinsiy munosabatlar) bilan talqin etiladi.

Olma tushda ko'rsa

Tushda olmani yeyayotganingizni va uning ta’mi suvli va yetilib pishgan ekanligini ko‘rishingiz — ehtiroslaringiz olov bo‘lib yonayotganligi va intim munosabatga umid qilayotganligingizni ifodalaydi. Lekin intim munosabatlar bo‘lishi dargumon.

Tushingizda qurtlagan olmani ko‘rdingizmi? Bu tush sizning shaxsiy hayotingizda hech qanday yorug‘lik yuz bermasligini bildiradi. Ba’zi paytlarda bu tush sevgan insoningiz «ikkinchi yarmingiz» egri yo‘lga kirishini va sizga xiyonat qilishini ham anglatadi.

Olma tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Yetilmagan olmani yeyayotganingizni ko‘rishingiz – go‘zal ayol bilan uchrashishni, u ayol sizning taqdiringizga aylanishini bildiradi.

Olma tush tabiri

Ayollar ushbu tushni ko‘rishlari esa huddi shunday erkakni uchratishlarini anglatadi. Go‘zal ayol sizning boshlig‘ingiz bo‘lishi va sizning kelajak istiqbollaringizni qurishga yordam berishi ham mumkin.

Nostradamus yana voqeani boshqa tomonga burib yuborishga qodir ayol bo‘lishi mumkinligi haqdagi farazlarni ham keltirib o‘tgan.

Tushda katta hajmli olmani ko‘rishingiz – kashfiyotlar qilishingizni, irigan olmani ko‘rishingiz – ish faoliyatingizga ketqazgan barcha zo‘riqishlaringiz bekor ekanligini anglatadi.

Olma tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tush tabiriga ko‘ra olma talqini bir xil ma’no kasb etmaydi. Bir tarafdan tushda olmani daraxtdan uzganingizni ko‘rishingiz — quvonchni, olmani teryotganligingizni ko‘rishingiz — xayrli ishlarni, uni yeyayotganingizni ko‘rishingiz esa sevgini anglatadi.

Olma qanday talqinga ega

Boshqa tarafdan uni kesayotganligingizni ko‘rishingiz — do‘stlar bilan ajralishni, o‘zingiz sharbatini siqqan olma sharbatini ichayotganingizni ko‘rishingiz — sog‘liq bilan muommolarni ifodalaydi.

Bu tush tabiri talqinlarida mantiq shundaki – tushda olmani ko‘rish yaxshilik alomatdir. Agarda uni kesayotganligingizni, sharbatini chiqarayotganligingizni va qurtlaganligi bo‘lmasa.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil