6 raqami ostida tugʻilgan insonlar

6xotirjamlik, sokinlik ramzi. Tashqi koʻrinishlari bilan boshqalardan mehnatsevar odam siymosini gavdalantirsalarda, aslida bunday emas. Ammo dangasalikka berilishlari barobarida bir oylik ishni bir haftadayoq nihoyasiga yetkazadilar. Tabiatan juda hotirjam. Ushbu sanada tugʻilganlar ajoyib tarbiyachi, ajoyib murabbiydirlar.

6 raqami sohiblari falsafiy fikr yuritish qobilyatiga ega insonlar boʻlib, ushbu sanada tugʻilganlarning koʻpchiligi qobilyatli va ulardagi bu qobilyat vaqtida qadrlansa kelajakda yaxshi ijodkor boʻlib yetishadilar.

Yillar davomida toʻplagan tajribalarini shaxsiy xayotlarida kamdan – kam va qiyinchilik bilan qoʻllaydilar. Ular moddiy tomondan koʻp qiynaladilar, bunga ularning hech qachon ayyorlik qilmasliklari sabab boʻlsa, ajabmas. Boshqalar bilan munosabatlarida ham manfaat koʻzlamaydilar.

So’z va qalam asosiy quroli

Ularning quroli – soʻzi va qalamidir. Oʻz his – tuygʻularini pinhon tutmaydilar, aksincha, boshqalarga nisbatan qanday munosabatda ekanliklarini qayta va qayta takrorlashda charchamaydilar. «Hayot juda qisqa, boshqalarga tuygʻularing haqida aytishga ulgurish kerak», «Mehr tarqatilgandagina koʻpayadi», deb hisoblaydilar. Shuning uchun ularning qalbidagi borini bemalol koʻzlaridan oʻqib olish mumkin.

Ular taqdirga juda ishonadilar va taqdirni oʻzgartirish mumkunligiga ishonganlarning ham yohud oʻzgartirmoqchi boʻlayotganlarning ham bu harakatlarini oqlamaydilar. Shu boisdan ham oʻz sevgisi uchun kurashmaydilar, ammo bu ularning chin dildan sevmasligiga ishora emas, aksincha biron bir inson oʻzlarining taqdiriga bogʻliq ekanligini bilishsa, suyganiga erishish uchun barcha toʻsiqlarni yengib oʻtishga tayyor turadilar.

Ular tabiatan qaxri qattiq inson emas, ular haqiqatgoʻy insonlardir. Pulni emas, pul bundaylarni yaxshi koʻradi. Halollikni qadirlaydilar. Bu sanada tugʻilgan insonlar pulning ketidan quvmaydilar yoki ularning izzat nafsini qondirish mumkin boʻlgan joylarda uchratmaysiz.

Tabiatan juda ishonuvchan

6 sanasi sohiblarini katta kemalarga qiyoslash mumkin. Ularning intelektual salohiyati shunchalar boyki, bu boyliklarini foydalari uchun oʻz vaqtida sarflashni biladilar. Har oyning 6 sansida tugʻilgan insonlar tabiatan juda ishonuvchan boʻlishadi, sadoqat va vafoda, ayniqsa, oʻziga mehir koʻrsatgan insonlarga nisbatan juda vafodor. Ularni koʻz qorachigʻday asraydilar.

Qanday dam olishni bilishadi. Dam olish kunlarida oila azolari bilan toqqa sayr qilishni xush koʻrishadi. Oilani ezozlashadi va agar oila yoki ishni tanlash sharti qoʻyilsa, ular sira ikkilanmay oilani tanlashadi.

Bunday insonlar doimo oʻzlarining boshqalarga kerakli inson ekanliklarini his qilib yashashlari kerak va bu tuygʻu ularni hayotdan yanada zavq olib yashashga undaydi. Shundanmi, ularning hayotida bir hillikni uchratish mahol. Tabiatan qanday boʻlsalar, oʻzlarini shunday namoyon qilmaydilar, ular haqidagi haqiqiy bahoni atrofidagilargina toʻgʻri aytib berishi mumkin.

Boshqalar fikrini hurmat qiladi

Oʻz dunyoqarashlari va fikirlarini qanchalik hurmat qilishmasin, boshqalarni ham oʻz fikridan qaytarishga urinmaydilar, boshqalarning ham fikrini hurmat qiladilar. Hurmatga sazovor jihatlar – insoniyliklarida. Ular sodda ham emas va oʻzlarini aqilli qilib ham koʻrsatmaydilar.

Bundaylarning atrofidagi doʻstlariga nisbatan talablari mutlaqo boshqacha, yani ularni oʻzlariga doʻst deb bilgan kishilar sir yashirmasliklari kerak. Agar shunday boʻlsa, doʻstlari ularga ishonmagan boʻladi va oʻz navbatida ular ham bu ishonchsizlikni qabul qilolmaydilar. Shu boisdan doʻstlari nihoyatda kam.

Bunday insonlar bilan buzilgan munosabatni tiklashga urinish amalda behuda va befoydadir. Ular juda zarur holatlarda ham boshqalarga iltimos bilan murojat qilmaydilar. Shu bois ham badavlatlik va kambagʻallik, omad va omadsizlik, visol va ayriliq – bularning hamma-hammasi ularga begona emas.

Oila qurish masalasida

Tugʻilgan sanasi 6 raqamiga toʻgʻri keladiganlar – oila qurish masalasiga oʻta jiddiy qaraydilar va mumkin qadar bu ishni orqaga suraveradilar. Toki oʻzlariga har jihatdan mos keladigan juftini topmagunlarigacha qaror qabul qilmaydilar. Ular uchun doʻst-ayol, doʻst-erkak juda zarur.

6 raqamida tugʻilgan ayollarning aksariyati qatiy tartibga toqat qilolmaydi, uy ishlariga bogʻlanib qolish ular uchun katta fojia. 6 sonining yana bir muhim jihati – taqdiri shu raqam bila bogʻlanganlar insonlarning puli, martabasidan koʻra, ularning odamiyligi, mardligi, rostgoʻyligini koʻproq qadrlaydilar.

Muhabbatni esa koʻpchilikdan ayro, yani jismoniy munosabatlarga bogʻliq boʻlmagan tuygʻu deb tushinadilar va ularni bu fikrlaridan qaytarishga urinish befoyda. Bazida ularning sezgilari rost boʻlib chiqadi.

Yaqinlaringiz va do’stlaringiz shu raqamlardan biri ostida tug’ilgan!

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil