Baliq tushda ko’rsa tush tabiri baliq to‘liq malumot

Baliq tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Baliq beqarorlik, dushvorlik (qiyinchilik), ramzi yaʼni tushida baliqni koʻrgan inson toʻgʻri qaror qabul qilishga qiynaladi. Tushingizda baliq yomgʻiri yoki osmondan baliq tushganligi – yomon alomatdir. Bunday tush ekologik halokatlardan, ofatlardan ogohlantiradi.

Tushda baliq ko'rsa tush tabiri

Tushda baliq ovlash – qiyin vaziyatdan chiqib ketish uchun imkon qidirishingizni bildiradi. Tushda baliqlar birlashib toʻplanib tursa – har doim hayotingizni taqdir izmiga qoldirmasdan oʻzingiz ham harakat qilishingiz kerakligini aks holda imkoniyatlaringizni qoʻldan chiqazishingizni anglatadi.

Tushda uch dona baliqni koʻrsangiz – baxtlilik belgisidir. Tushda baliqli taom tanavvul qilmoq  – behosdan kutilmaganda yaxshi xabar eshitishingizdan dalolat. Tushda baliqlar odam qiyofasida boʻlsa – yadro urushi xavfi borligini bildiradi.

Baliq tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushda baliqlarning biri boshqasiga hujum qilayotganini koʻrish – suvosti kemalari hujumini anglatadi. Tushda aynigan baliqni koʻrish – kutilmaganda mish mishlar sabab eʼtiborli shaxs bilan aloqalar buzilishidan darakdir.

Tushda tirik sazan (zogʻora) baliqni koʻrish – bu tushni koʻrgan insonning qattiyatliligini va bardoshliligini bildiradi. Tushda toza suvda suzib yurgan baliqni koʻrsangiz – taqdir sizni saxiy tuhfalar bilan siylashidan darak. Tushda oʻlik baliqni koʻrish – kulfat yoʻqotishlarni anglatadi.

Tushda yosh juvon (qiz) tirik baliqni koʻrsa – uni baxtli sevgi kutmoqda. Tushda baliq ovlash va uni tutib olish – jiddiy sinovlar kutib turganligini va bu sinovlarda ruhingizni choʻktirmasdan, qattiyat bilan yengib oʻtishingizni bildiradi.

Baliq tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda baliqni ovlaydigan toʻr bilan suvda yurganingizni koʻrsangiz – yaqin orada biznesingiz orqasidаn iqbol topishingizni anglatadi. Baliq ovini tushingizda kuzatishingiz – joʻshib kelayotgan gʻayratingizni ezgu amallarga safarbar etishingiz kerakligidan xabar beradi.

Tushda qarmoqqa birorta ham baliqni ilinmaganligini va siz u yerdan “quruq qoʻl“ bilan ketayotganingizni koʻrsangiz – bu tush orzu niyatlaringizning befoyda ekanligi haqida ogohlantiradi. Tushingizda baliq bozoriga borayotgan boʻlsangiz – kelajakda farovon hayot va baxtli turmush kutib turganligini anglatadi.

Tushda baliq toʻrini koʻrish – muhim yutuqlarga erishishingizni anglatadi biroq bu toʻr yirtilgan boʻlsa, alamli qaygʻuni bildiradi. Tushda baliqni ovlash uchun ilmoqni qoʻlingizga olsangiz – taqdiringiz oʻz qoʻlingizda ekanliginidan oʻz taqdiringizni oʻzgarishtirish uchun sizda barcha asoslar borligidan darak beradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil