Chaqaloq tushda ko’rsa tush tabiri chaqaloq to‘liq malumot

Chaqaloq tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Agarda siz tushda chaqaloq ko‘rsangiz bu tushni samolardan kelgan belgi deb hisoblang: o‘ngingizda xonadoningizda biron bir muammoni sezmagan bo‘lsangiz ham, aslida oilangizdagilar sizning so‘zlaringiz va harakatlaringizdan xafa bo‘lishgan, o‘z xatti-harakatingizni tahlil qiling.

Tushda chaqaloq ko'rsa tush tabiri

Bordiyu tushingizda o‘zganing chaqalog‘ini ko‘rsangiz, unda bu haqidagi tushlarning talqini bir qator tafsilotlarga bog‘liq. Xususan, tushda bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘lganligi ham katta ahamiyat kasb etadi.

Tushingizda bolalar siz bilan o‘ynayotganini ko‘rishingiz — bu sizning eski ishingizga bir muncha vaqt chidashingiz kerakligini anglatadi, ammo tez orada yangi takliflarni qo‘lga kiritasiz! Sabrning tagi sariq oltin maqolini eslang va bir muncha sabr qiling.

Bordiyu tushingizda chaqaloq yig‘layotganligini ko‘rsangiz — bu tush siz uchun ogohlantirish bo‘lib: o‘z farzandlaringiz yoki yaqin qarindoshlaringiz tufayli muammoga duch kelishingizni bildiradi. Ammo bu tush butun sayyora uchun xavfni bildirib, qayg‘u va qurolli urushlar bo‘lishi mumkinligidan darak beradi.

Chaqaloq tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Qachonki erkakalar urushda bo‘lib, ayollar ayollarga hos bo‘lmagan yumushlarni bajarar ekan yosh chaqaloqlar ko‘z yoshlari tinmay to‘kiladi. Katta isonlarning ziddiyatlari tufayli murg‘ak go‘daklar yosh to‘kmasligi uchun ko‘ngilxiraliklarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Tushda ko‘plab chaqaloqlarni ko‘rish to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’noga ega bo‘lib, dunyoda tug‘ilishning ko‘payishining hamda kichik muommolarning timsolidir. Bunday kichik muommolar sizga har tomondan yog‘ila boshlaydi va ko‘p vaqt talab etadi, bolalarni izlayotganligingizni ko‘rishingiz esa — bu tartibsizliklar ahamiyatga ega bo‘lishi va qiyin vaziyatni yanada kuchaytirishini anglatadi.

Yana ikki xil tush sizni o‘zingizni xatti-harakatlaringiz haqida o‘ylashga majbur qiladi bular: nogiron bolalar va siz o‘zingiz chaqaloq ko‘rinishida kurishingizdir.

Birinchi holda, bu sizning yomon odatlaringiz ham sog‘lig‘ingizga, ham boshqalarning farovonligiga zarar yetkazishi mumkinligi to‘g‘risidagi belgidir (yana bunday tush global ekologik halokat haqida ogohlantirish sifatida talqin qilish mumkin).

Ikkinchi vaziyatda sizning bolalarcha bachkanaligingiz noo‘rin va boshqa insonlarni xafa qilishini anglatadi.

Chaqaloq tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda yig‘layotgan chaqaloqni ko‘rishingiz — sog‘lig‘ingizning yomonlashuvini va ko‘ngilxiraliklarni anglatadi. Toza, quvnoq chaqaloqni ko‘rishingiz — taqdirlangan sevgi va ko‘plab yaxshi do‘stlarni bildiradi.

Yolg‘iz yurgan bolakayni ko‘rishingiz mustaqilligingizning va noloyiq fikrlarga e’tibor bermasligingizni ifodalaydi. Agar ayol kishi tushida chaqaloqga enagalik qilayotganligini ko‘rsa — o‘ngida u eng ko‘p ishonadigan kishiga aldanib qolishi mumkinligidan xabar beradi.

Tushingizda betob chaqaloqingizni qo‘lingizga olayotganligingiz va uning isitmasi borligini payqaganingizni ko‘rishingiz — sizning ruhiy iztirob va qayg‘ularingizni anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil