O’lik tushda ko’rsa tush tabiri o’lik to‘liq malumot

O’lik tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Xalq orasida «Vafot etgan insonni ko‘rish — iqlimning o‘zgarishidan darak beradi» degan gap bor. Bu bejizga emas bu so‘zlarning qanchadir qismi haqiqatga yaqindir zeroki atmosfera bosimining keskin tushib ketishi natijasida, tushingiz orqali vafot etgan yaqinlaringiz qiyofasida, yoki o‘lgan tanishlaringiz fantomlari, yoki lyusifag (jin, yovuz kuch) lar noosferaning fizikaga hos bo‘lmagan o‘lchovlaridan tush sohibiga osonlik bilan o‘tib oladi. Ularning maqsadi tush sohibini o‘rganish, u bilan muloqotda bo‘lish hamda unga o‘zlarining ta’sirini o‘tqazishdir.

Tushda o'lik ko'rsa tush tabiri

Buning so‘nggi, yakuniy mohiyatini faqat tushni talqin etishning maxsus usullari orqaligina bilib olishingiz mumkin. Lyusifag (jin, yovuz kuch) larning energiyasi yot (insoniy emas) bo‘lganligi sabab, uning mavjudligini bilish mushkul ish sanalmaydi. Lyusifag (jin, yovuz kuch) lar ko‘pincha vafot etgan yaqinlaringiz qiyofasiga «berkinib olgan» bo‘lishadi va ular bilan tushingizda uchrashishingiz quvonch olib kelmaydi aksincha noqulaylik, kuchli havotir, hattoki qo‘rquvni uyg‘otadi. Ammo bu yer osti infernal makonning haqiqiy vakillari bilan vayronagarchilik energiyalarining siz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlariga kunduzgi ongingizning to‘la-to‘kis ekanligi, iymoningizning mustahkamligi ulardan himoya etib turadi.

Lekin shunga qaramay ko‘pincha vafot etgan insonlaringiz «haqiqiy» si sizning tushingizga kirib turadi. Bu hollarda ular bilan bo‘lgan aloqangiz butunlay o‘zgacha kayfiyat va holat kuzatiladi. Bu kayfiyat ishonchli ruhda, yashirin, hikmatli va maslahatgo‘y bo‘ladi. Bu holatda esa vafot etgan qarindoshlaringizdan oq fotiha, ogohlantirish, kelajakda sodir bo‘lishi kutilyotgan voqeadan darak berish, va haqiqiy ruhan quvvat va himoyani (ayniqsa tushingizdagi shaxs hayotligida e’tiqodli bo‘lgan bo‘lsa) anglatadi.

O’lik tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Boshqa hollarda tushingizda vafot etgan insonni ko‘rishingiz bu tugallanmagan aloqalaringizni anglatadi. Bunday nojismoniy davom etayotgan aloqalar yarashuvlar, sevgi, yaqinlik, tushunish, eski mojorolarni hal etilishida ko‘rinadi.

Bunday uchrashuvlar natijasida shifobaxsh va g‘amdardlik, o‘zini aybdor his etmoqlik, afsuslanish, pushaymon bo‘lmoq ruhiy poklanish demakdir.

Umuman olganda tushda vafot etgan insonni ko‘rishingiz bu o‘liklar dunyosidan xabarchi, aloqachi yoki himoyachilardir.

Tush sohibining tushining nima haqda ekanligi, vafot etgan inson bilan qanday munosabatda bo‘layotganligi, u nima haqda gapirayotganligi juda muhimdir.

O’lik tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Ba’zida (ayniqsa vafot etgan inson tush sohibini o‘z olamiga olib ketayotganligi, tush sohibini o‘payotganligi, nimadir berayotganligi yoki nimadir olayotganligi) tush sohibiga tez orada vafot etishini, yoki u bilan qandaydir ko‘ngilsizliklar yuz berishini yoki og‘ir bemorlik yoki vafot etgan inson bilan vidolashuvini anglatadi.

Ko‘p hollarda vafot etgan inson uning haqqiga duo qilishlarini, masjidlarda uning haqqiga namozlar o‘qishlarini istab shunga ehtiyoji borligini talab qilgan holda kiradi.

Ohirgi jihatni zamonaviy ruhshunoslarning (psixolog) fikri bo‘lib, ular vafot etganlarni “qo‘yib» yuborishingiz, ularning qilgan yomonliklarini kechirishingiz kerakligini aytishadi. (boshqa ma’nosi vafot etgan inson bilan bog‘liq murakkab aloqalaringiz va muommolarni tugallanmagan aloqalarni tugallashingiz kerakligini anglatadi).

O’lik boshqa tabirlarda

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil