Olov tushda ko’rsa tush tabiri olov to‘liq malumot

Olov tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Asosan islomiy tush tabirida olov: urush, turli chalkashliklar, yo‘qotishlarni anglatadi. Tushda ko‘rilgan tutun alangadan qanchalik yuqori bo‘lsa, azob-uqubatlar ham shunchalik qiyin bo‘ladi.

Olov tushda ko'rsa

Tushingizda yo‘lidagi barcha narsalarni “yutib” kul qilayotgan olovni ko‘rishingiz – global falokatlar urush yoki epidemiyani (bordiyu tushda olov sizning kiyim-boshingiz, yoki tanangizning biror qismini kuydirganligi ko‘rsangiz bu faqatgina o‘zingizga tegishli qayg‘uni bildiradi) agarda bu alanga o‘chganligini ko‘rsangiz barcha baxtsizliklarga barham berilishini anglatadi.

Tushda olovni bosib tashlanganligini ko‘rishingiz sizning uzoq vaqtdan beri cho‘zilib kelayotgan iztirobli holatingizni ifodalaydi. Tushda gulxanni o‘chirayotganligingizni ko‘rishingiz – boshlanayotgan ishingiz muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanishini bildiradi.

Tushingizda xaloyiq orasida olov yoqqanligingizni ko‘rishingiz – ular o‘rtasida nizo, adovat qo‘zg‘atishingiz mumkinligini anglatadi.

Olov tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Olov tush tabiri

Atrofingizdagilarni hamda o‘zingizni isitish uchun gulxan yoqayotganligingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda xushxabar eshitishingizni eng asosiysi sizning hayotingizda o‘z moliyaviy ahvolingizni o‘nglab olishga yordam beruvchi foydali ish paydo bo‘lishini va bu ish tufayli, o‘zingizni havfsiz his eta olishingiz mumkinligini anglatadi.

Shu bilan birgalikda bir qator islom dinining arboblari olovni insonning taqvodorligi bilan bog‘liq deya fikr yuritadilar. Olov sizning taqvodorligingizni, to‘g‘ri yo‘l tarafdori ekanligingizni ramzi ham bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Tushda siz olovga yaqin kelganligingizni ko‘rishingiz – o‘ngingizdagi farovonliklarni anglatadi. Ammo siz ushbu tushda olovga juda ham yaqin egilganingizni yoki olovni iste’mol qilayotganligingizni ko‘rishingiz – qilgan gunohlaringizga tavba qilishingiz kerakligini ifodalaydi.

Olov tush tabiri miller tabiriga ko‘ra

Olov qanday talqinga ega

Miller tush tabiriga ko‘ra tushda olovni ko‘rishingiz yaxshilikni bildiradi, agarda olov sizga jarohat yetqazmagan bo‘lsa. Dengizchi, sayohatchi, barcha yer yuzida mehnat qiluvchilar tushlarida olovni ko‘rishlari farovonlikni anglatadi.

Tushingizda o‘z uyingizni yonayotganligingizni ko‘rishingiz – mehribon do‘stlar va qobil farzandlarni anglatadi. Bordiyu tadbirkor shaxs tushida o‘z savdo do‘koni yonayotganligini ko‘rsa – bu tush daromadli ishning jadal sur’atda o‘sishini bildiradi.

Tushda yong‘inga qarshi kurashayotganligingizni hamda uning qizg‘inlashib ketishini oldini olayotganligingizni ko‘rsangiz – sertashvish, behotirjam yumushlarni anglatadi. Tushda o‘z do‘koningiz yoki omboringizni devorlarining sirti kuyganligini ko‘rishingiz – baxtsizlikni anglatadi.

Siz ish faoliyatingizda omad uchun kurashishni befoyda sanab to‘xtatishingizni ammo taqdir kutilmaganda yana sizni qo‘llab-quvvatlashini ifodalaydi. Bordiyu tushda olov yoqayotganligingizni ko‘rsangiz – yoqimli yangiliklar kutib turganligini anglatadi.

Dengizchilar o‘z tushlarida katta yong‘inni ko‘rishlari – muvaffaqiyatli va bexatar suzishni, adabiyotshunos olimlarga ushbu tush muvaffaqiyat hamda hurmat-ehtiromni, tadbirkor shaxslarga – biznes faoliyatida cheksiz muvaffaqiyatlarni ifodalaydi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil