Odam tushda ko’rsa tush tabiri odam to‘liq malumot

Odam tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushlar bir – biridan tubdan farq qiladi  – barcha tunggi tushlar shunchaki  alg’ov – dalg’ov  tasvirlar, obrazlar va g’alati syujetlar yig’indisi deb fikr yuritish mutlaqo noto’g’ridir.

Tushda odam ko'rsa tush tabiri

Ba’zida tushlar tongda turgandan so’ng  tushlar kitobiga qarab, izohlash oson bo’lgan sodda va tom ma’nodagi belgilarni o’z ichiga oladi. Ammo ba’zida shunday tushlar bo’ladiki, ular boshqacha jiddiyroq yondashuv va tahlilni talab qiladi.  Shunday  tushlar  sirasiga inson ramzi ham kiradi.

Agarda tushingizda faqat bir insonni doimiy ravishda qayta – qayta, tunma – tun ko’rsangiz, yoki siz pinhona yoqtirib yurgan insoningizni ko’rsangiz balkim daxshatli tushda boshsiz yoki oyoq – qo’lsiz, qo’rqinchli arvoh yoki o’lik insonni ko’rsangiz bularning barchasi nimani anglatishini tush tabiri talqinidan bilib olishingiz mumkin.

Odam tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda baland qoyatoshda o’tirgan insonni ko’rsangiz – kelajakda tush sohibining hayotini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan ulkan voqea sodir bo’lishini anglatadi. Tushingizda notanish inson bilan uchrashganligingizni va u inson sizga hayvon qarash nigohda tikilib turganligini ko’rsangiz bu tush yomonlikdan dalolat beradi.

Tushda yovuz, zolim insonni ko’rish – bu yerga urush, ochlik va qashshoqlik olib keladigan zolim hukmdor hokimiyat tepasiga kelishini anglatadi. Tushingizda siz tilanchi insonni ko’rgan bo’lsangiz kelajakda sizga katta baxtsizlik kelishini, buning natijasida siz o’z boyligingizdan, boshpanangizdan va haqiqiy do’stingizdan ajralishingiz mumkinligidan ogohlantiradi.

Odam tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Agar tushingizda juda ko’p kambag’al insonlarni ko’rgan bo’lsangiz, demak bu kelajakda ko’plab davlatlar qashshoqlikka duchor bo’lishini anglatadi. Tushda boy insonni ko’rish yaxshilik belgi bo’lib, sizni yaqinlaringiz atrofida to’kin hayot kutyotganligini bildiradi.

Agar ko’p miqdorda badavlat insonlarni ko’rsangiz – butun dunyo xalqlari baxtli hayot kechirishlarini anglatadi. Tushingizda siz yarador insonni ko’rsangiz – bu tush sizga yaqin bo’lgan kishi jiddiy sinovga duch kelishini bildiradi, natijada bu odam nafaqat boshpana, moddiy boyliklari va oilasini yo’qotadi, balki jiddiy jarohat ham olalishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil