Erkak tushda ko’rsa tush tabiri yigit to‘liq malumot

Erkak tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Psixologlarning fikrlariga koʻra erkaklarning, ayollar tushiga kirishi juda ham oddiy holat boʻlib, nozik hilqat vakilasi doimiy ravishda oʻz sevgilisi haqida oʻylaganligi va bu oʻy-hayollar uning ong ostida saqlanib qolib, oʻz navbatida tushlarida namoyon boʻlishi bilan taʼriflanadi.

Tushda erkak ko'rsa tush tabiri yigit

Lekin shunday vaqtlar boʻladiki butunlay notanish erkak yoki yigit tushga kirishi mumkin. Bu nima bilan bogʻliqligi, nimani anglatishi kabi barcha siz va bizni qiynayotgan savollarga tush taʼbirlariga murojaat etib quyida javob olishimiz mumkin boʻladi.

Erkak tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Psixologning soʻzlariga qaraganda ayollarining zabardast, mushakdor, keng yelkali atletik gavdaga ega boʻlgan xushchiroy notanish yigitni koʻrishlari – taqdir unga tortiq qilayotgan barcha xayrli narsalarni ifodalab, bu tush sohibasi kelajakda baxtli va moliyaviy taʼminlangan boʻlishini bildiradi.

Xunuk erkak, yigit – maqsadingiz yoʻlidagi mashaqqatlar va umidsizlikni anglatadi. Tush koʻrayotgan ayol tushida misli koʻrilmagan goʻzallikga ega boʻlgan yigitni koʻrishi – shon-shuxrat, mashxurlik dengiziga gʻarq boʻlishidan darak beradi.

Agarda qaysidir sababga koʻra notanish yigitning tashqi qiyofasi tush sohibasini choʻchitib yuborsa – haqiqat (oʻng)da u yaqin insoni koʻp vaqtdan beri doʻsti deb bilgan insoni tomonidan xoinlikka uchrashini bildiradi.

Yigit tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Notanish erkak tush sohibasining maʼlum jamoadagi tutgan oʻrni, chuqur hurmat va eʼzozda ekanligini anglatadi. Notanish yigitni koʻrish – boshlanishi kutilyotgan ish omadli va farovon boʻlishini bildiradi.

Tush sohibasi oʻz seviklisini oq rangli kostyum-shimda koʻrishi – orzularining ushalishidan darak, bordiyu u qora rangda boʻlsa – unda tush sohibasining oldidagi maqsadlaridagi yoʻlda nokas kimsalar tomonidan turli mashaqqatlarga uchrashidan ogohlantiradi.

Tush sohibasi semiz erkakni koʻrsa – uning kelajak hayoti gʻam-anduxsiz kechishidan, jisman nuqsonli yigitni koʻrish- yaqin insoni tomonidan xiyonat va aldovni anglatadi. Qari cholni koʻrsangiz – uzoq umr koʻrishingiz, navqiron yosh yigitni koʻrsangiz – haqiqat (oʻngingiz) da nimadandur havotir olishingizni bildiradi.

Tushda toʻlachadan kelgan yigitni koʻrsangiz – hayotingiz quvonchli lahzalar va zavqqa toʻla boʻlishini anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil