Avtobus tushda ko’rsa tush tabiri avtobus to‘liq malumot

Avtobus tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Odatda bir vaqtning o‘zida avtobusda ko‘plab bir-birlariga notanish bo‘lgan va turli maqsadga ega bo‘lgan insonlar harakatlanadilar.

Avtobus tushda ko'rsa

Agarda tushda avtobusni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu tush sizning qiziqishlaringiz atrofingizdagi begona shaxslarning qiziqishlari bilan to‘qnash kelishini anglatadi. Balkim siz belgilangan joyga yetib borguningizcha, ya’ni ohirgi maqsadingizga erishguningizga qadar ularga uzoq vaqt davomida toqat qilishingiz kerak bo‘lishi mumkinligini bildiradi.

Biroq tushda qulay va keng avtobusni ko‘rsangiz — siz uchun majburiy hamrohlarga bardosh berish qiyinchilik tug‘dirmasligini anglatadi. Agarda tushda avtobus tor va noqulay ekanligini ko‘rsangiz – bu tush o‘ngingizda yuz berishi kutilayotgan mojaro haqida ogohlantiradi.

Tushda avtobusda do‘stlaringiz bilan sayohat qilayotganingizni va deraza ortidagi chiroyli manzarani mahliyo bo‘lib kuzatayotganligingizni ko‘rsangiz – bu tush eski qadrdonlaringiz bilan birgalikda yangi qiziqishlarni izlashlaringiz lozimligini va bu ish albatta o‘z navbatida muvaffaqiyat qozonishidan darak beradi.

Bordiyu ular siz bilan zavq bilan bajonidil suhbatlashayotganligini va siz bilan hamroh ekanligidan, sizning yoningizda o‘tirish imkoniyatidan shod ekanligini namoyish etayotganligini ko‘rsangiz — unda bu tush o‘sha siz tushingizda ko‘rgan inson biznesda ishonchli sherik bo‘la olishini hamda ishdan bo‘sh vaqtlaringizda ham siz bilan uchrashishdan bosh tortmasligini anglatuvchi yaxshi belgidir.

Avtobus tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Avtobus tush tabiri

Tushda o‘zingizni avtobus haydovchisi ekanligingizni ko‘rgan bo‘lsangiz – bu tush o‘ngingizda sizning mavqeingiz yaxshi tomonga o‘zgarishini va siz biron bir bo‘lim yoki biron bir yirik loyihani boshqarishingizni anglatadi.

Bordiyu tushda avtobusda harakatlanayotganligingizni ko‘rsangiz – bu siz boshqa insonlar bilan “bir to‘dada” bo‘lishingizdan xabar beradi. Bu holatda sizning tadbirkorligingizning muvaffaqiyati butunlay va to‘liq holda tushingizning holatiga bog‘liq ya’ni kunning qaysi vaqtida ekanligi, yo‘lning qandayligi, harakatlanish vaqti va hokazo.

Avtobusda bo‘lgan chog‘ingizda atrofdagi insonlarga, ularning kiyimi, sizga nisbatan munosabatiga e’tibor qarating. Agarda tushingizda ular sizga mehr bilan qarayotganliklarini ko‘rsangiz – o‘ngingizda ishingizning muvaffaqiyatli yakunlashi to‘g‘risida yaxshi xabar olishingizdan darak beradi.

Avtobus tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Avtobus qanday talqinga ega

Tushda avtobusda harakatlanayotganligingizni ko‘rsangiz – sizni yoqimli davra bilan qiziqarli sayohat kutayotganligini bildiradi. Agarda tushda bo‘sh avtobusda ketayotganligingizni ko‘rsangiz – yomon niyatli insonlar va hasadgo‘ylar o‘z jazosini olishlarini anglatadi.

Agar siz insonlar bilan gavjum avtobusda ketayotganligingizni ko‘rsangiz – raqobatchilarning hiyla-nayranglarini bildiradi. Tushda yanglish avtobusga o‘tirganligingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda sizning obro‘ingiz pasayishini bildiradi.

Bordiyu tushda avtobusning buzilganligini ko‘rsangiz – yaqinlashib kelayotgan qiyinchiliklardan xabar beradi. Erkaklar o‘z tushida avtobus haydab ketayotganligini ko‘rsalar – mustaqil ravishda muhim qarorlarni qabul qilishi bu qaror nafaqat o‘zi uchun balki o‘z yaqinlari hususan oila a’zolari, do‘stlari unga bo‘lgan ishonchi bilan bog‘liq ham bo‘ladi.

Homilador ayol tushida o‘zini avtobus haydayotganligini ko‘rsa – tug‘ruq jarayoni yengil va xavfsiz kechishini bildiradi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil