Uy tushda ko’rsa tush tabiri uy to‘liq malumot

Uy tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tushingizda o‘z uyingizni yangi va mustahkam ko‘rishingiz — baxtdan, qulay va shinam ekanligi ko‘rishingiz — oilaviy farovonlikdan, ko‘p qavatli ekanligini ko‘rishingiz — katta daromaddan, buzilib ketganligini ko‘rishingiz — xavf — xatardan, uning qanday qilib buzilib tashlanyotganini ko‘rishingiz — barcha to‘siqlarni yengib o‘tishingizdan dalolat beradi.

Tushda uy ko'rsa tush tabiri

Olov ichra yonib ketayotganini ko‘rishingiz — moddiy yo‘qotishlardan, uyingizni tashlandiq holda ko‘rishingiz — o‘tmishdan afsus chekishingiz, unga yana qaytib o‘tmishda eski xotiralar bilan yashashni anglatadi, shu sababli siz atrofdagilarning tushunmovchiligiga va turli ko‘ngilsizliklarga duch kelasiz.

Tushda uy qurish — sizning nazoratingizdan tashqaridagi tashqi sharoitlar sizning barcha rejalaringizni amalga oshirishingizga imkon bermaydi. Tushda uyni meros tariqasida olganingizni ko‘rish — yangi hamkorlar yoki sheriklar bilan tanishuv, ular yordamida siz o‘zingizning ishingizni yaxshi tarfga o‘zgartirishingiz mumkinligini anglatadi.

Tushingizda yog‘och uyni ko‘rsangiz — hayotingizda o‘zgarishlar kutilyotganini, kulbani ko‘rsangiz — qayg‘uni, tor loysuvoq uyni ko‘rsangiz — yashash sharoitining yomonlashishini anglatadi. Tushda kapani ko‘rish esa yaqin orada sayohatga chiqishingizni yoki xizmat safariga chiqishingizni bildirishi mumkin.

Tushda hali qurilish ishlari tugallanmagan uyda yashash, boylik yoki mol — mulkni yo‘qotish xavfi bilan bog‘liq tartibsizliklardan, barak uyda yashayotganingizni ko‘rishingiz — biznesdagi to‘siqlarga uchrashingizdan dalolatdir.

Uy tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushingizda uyning qanday qurilayotganini ko‘rishingiz — barcha maqsadlaringizga erishishingiz mumkinligining belgisidir, agar bu osmono‘par bino bo‘lsa — siz katta foyda, daromad, katta mablag‘ topishingizni bildiradi.

Tushda ofis binosini ko‘rish — zarar va yo‘qotishlardan, yangi qurilgan chiroyli bino — yangi daromad manbalarini, yangi ishlarni olishingizdan darak beradi. Agar ushbu binodagi xonalarning aksariyati yorqin, chiroyli, katta bo‘lsa, unda bunday tush sizga biznesda va hayotiy farovonlikda muvaffaqiyatlar bo‘lishidan xabar beradi.

Tushingizdagi ushbu bino yomon, eskirgan, tor xonali bo‘lsa — yaqinlashayotgan ko‘ngilsizliklar ya’ni daromad keltiradigan biznesingizni yakunlashni yuzaga keltiradigan qiyinchiliklar, to‘siqlardan ogohlantiradi.

Tushingizda eski uyingizga tashrif buyurganingizni ko‘rsangiz haqiqat (o‘ngingiz) da yaxshi yangiliklardan xabar beradi. Eski uyingizni tashlandiq ahvolda ko‘rish — yaqin qarindoshingizning kasalligi yoki o‘limini anglatadi. Ushbu tushni yosh qiz ko‘rishi qayg‘uni bildiradi. Tush sohibasi qadrdon do‘stini yo‘qotadi.

Eski uyingizni shinam va shodlikka to‘la bo‘lganini ko‘rishingiz juda yaxshi alomat: siz oilangizda farovonlik va ish faoliyatingizda omadga erishishingizni anglatadi.

Uy tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushingizda o‘z uyingizni topa olmayotganligingizni ko‘rishingiz — barcha insonlarning halolligiga bo‘lgan ishonchingizni butunlay yo‘qotishingizni bildiradi. Agar siz tushingizda uyingizdan ayrilganingizni ko‘rsangiz — siz olib borgan olib sotarlik faoliyatingiz tufayli muvaffaqiyatsizliklar va yo‘qotishlarga uchrashingizdan ogohlantiradi.

Tushingizda uy — joyingizni o‘zgartirishingiz tezkor yangiliklar va kutilmagan sayohatlarda xabar beradi. Yosh ayol tushida uydan chiqib ketganligini ko‘rishi — tuhmat va xiyonat girdobida qolishinini anglatadi.

Agar siz tushingizda uy qurayotganingizni ko‘rsangiz — bu tush haqiqat (o‘ngingiz) da barcha ishlaringizni vaziyatlari yaxshi tomonga o‘zgarishini bildiradi.

Tushingizda o‘zingizni nozik did bilan qurilgan uyning egasi ekanligingizni ko‘rishingiz — yaqin kunlarda o‘z uyingizni tark etishingiz va bu sizga foyda keltirishi omad sizga hamroh bo‘lishini bildiradi.

Tushingizda eski, xarob bo‘lgan uyni ko‘rishingiz — har qanday biznesingizdagi yoki boshlanayotgan ish faoliyatingizdagi muvaffaqiyatsizliklar hamda sog‘lig‘iningizni yomonlashuvini anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil