Sigir tushda ko’rsa tush tabiri sigir to‘liq malumot

Sigir tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Sigir to‘g‘risidagi barcha tushlarni ularning tabiri talqiniga ko‘ra bir nechta guruhlarga bo‘lish mumkin.

Sigir tushda ko'rsa

Tushda ulkan shoxli sigirni, och rangli sigirni, semiz, pichan chaynayotgan sigirni, suv ichayotgan, suvda suzayotgan, oriqlab qochib ketgan, yiqilgan, o‘layotgan yoki o‘lgan sigirni ko‘rishingiz – unumsizlik (hosilsizlik) ni anglatadi.

Agarda tushda buzoqlayotgan yoki allaqachon buzoqli bo‘lgan, buzoqchasi bilan o‘tlayotgan sigirni ko‘rsangiz – unumlilik (hosildorlik) ni bildiradi.

Tushingizda tanasining biron bir qismi yo‘q, yetishmagan holda yugurayotgan (masalan — shoxlari, boshi, oyoqlari, terisi) yoki sizning ortingizdan quvayotgan sigirni ko‘rishingiz – allakimlarning yaqinlaringiz bilan janjallashtirishga urinishlarini ifodalaydi.

Bordiyu tushda sigir oziqlantirayotganligingizni, sigir sotib olayotganligingizni, fermada, yaylovda yoki qabristonda yoki faqatgina shunchaki sigirni kuzatib turganligingizni ko‘rishingiz – ro‘zg‘oringiz but bo‘lishini, oilangizni moliyaviy taraflama boy bo‘lishidan darak beradi.

Sigir tushda ko’rsa 21-asr tabiriga ko‘ra

Tushda siz yovvoyi sigirni ko‘rishingiz yaxshilik alomati hisoblanadi va turmush o‘rtog‘ingiz (ayolingiz) go‘zal ayol bo‘lishini bildiradi, tushda o‘tlayotgan podani kuzatib turganligingizni ko‘rishingiz – o‘ngingizda qarindoshlaringiz bilan o‘zaro munosabatlardagi uyg‘unlikni anglatadi.

Sigir tush tabiri

Bordiyu tushda sigir sog‘ayotganligingizni ko‘rsangiz – quvonch va omadni, sigirga minganligingiz – barcha muammolaringizdan xalos bo‘lishingizni, sigirning shoxlarini ushlaganingizni ko‘rishingiz – farovonlikni ifodalaydi.

Sigirning mo‘lashini eshitganligingizni ko‘rishingiz – oila a’zolaringiz yana bittaga ko‘payishini farzandli bo‘lishingizni, mol go‘shtini iste’mol qilayotganligingizni ko‘rishingiz – obro‘ingiz oshishini va farovonlikni anglatadi.

Shuningdek, bu turdagi qoramol haqidagi tushlarni kelajak uchun bashorat sifatida qabul qilish mumkin: sigir qancha semiz va sog‘lom bo‘lsa, davringiz shunchalik baxtli bo‘lishini aksincha, ozg‘in va kasalligi og‘ir davrlarni boshdan kechirishingizni ifodalaydi.

Sigir tush tabiri nostradamus tabiriga ko‘ra

Tushda sigirni ko‘rishingiz ongsiz ravishda farzandli bo‘lishni istashingingizni bildiradi, sigirni sog‘ayotganligingizni ko‘rishingiz esa – yaqin orada bu istaklaringiz amalga oshishini bildiradi. Tushingizda yaxshi boqilgan, baquvvat sigirni ko‘rishingiz – mustahkam sog‘liq va katta yutuqlardan darak beradi.

Sigir qanday talqinga ega

Tushda kasal hayvonni ko‘rish ota-onalarni o‘z farzandlarining sog‘lig‘i haqida xavotirlari bilan bog‘liq. Mashxur psixoanalitik o‘zingizni azoblamasligingizni va bunday asossiz xavotirlardan voz kechishingizni maslahat beradi.

Tushda sigirlarni o‘tlatyotganligingizni ko‘rishingiz – farzandingizning “oyoqqa qo‘yishingiz“ va uning kelajagi to‘g‘risidagi umumiy tashvishlaringizni ifodalaydi.

Freyd ayollar hamda erkaklar tushda nima sababdan sigirni ko‘rishlarini ikkiga ajratadi. Birinchi holda ya’ni ayollar tushlarida sigirni ko‘rishlari – zaiflik tuyg‘usini aks ettiradi, ikkinchisida ya’ni erkaklarda esa — bu sog‘liq va katta yutuqlarni anglatadi.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil