Asal tushda ko’rsa tush tabiri asal to‘liq malumot

Asal tushda ko’rsa bu tush tabiri qanday talqinga ega? Tush talqin etuvchilari bunday tushlarni yomon ma’noni anglatishiga ishonmaydilar. Umuman olib qaralganda bunday tush barcha boshlang‘ich ishlardagi omad, baxtli voqealar hamda quvonchli yangiliklarni anglatadi.

Asal tushda ko'rsa

Agarda tushda siz asal iste’mol qilayotganligingizni ko‘rsangiz demak tez orada siz qadrdon, sevgan insonlaringiz bilan maroqli suhbatdan lazzatlanishingizdan darak beradi.

Bordiyu tushda asal daryo bo‘lib oqayotganligini va siz bu daryodan chinni piyola yoki qandaydir idishda asal olib ichayotganligingizni ko‘rsangiz – o‘ngingizda ijodiy faoliyatingizda omadga erishishingizni bildiradi, hozir ilhom parilarini ushlashning, o‘zingizning yangi ijod namunalaringizni omma e’tiboriga havola etishning ayni vaqti ekanligini bildiradi.

Tushda asalari uyasi (arixona)dan asal olayotganligingizni ko‘rsangiz hayotda moliyaviy jihatdan boy bo‘lishingizdan xabar beradi. Bu tush tez kunlarda ortiqcha zahmat chekmasdan mo‘may daromad olishingiz mumkinligini anglatadi.

Asal tushda ko’rsa stepanov tabiriga ko‘ra

Asal tush tabiri

Tush izohlovchi Stepanovaning talqiniga ko‘ra ushbu tabiiy shirinlik yaqin kunlarda yaxshigina daromad olishga ishora qilib, bu tushni ko‘rgan shaxs moliyaviy jihatini yaxshilash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Bordiyu tushda asal istemol qilib undan lazzatlanayotganligingizni ko‘rsangiz – sizni haqiqiy sevgi kutayotganligini, bu sevgi sizning hayotingizni baxtga to‘ldirishi va yuragingizni tezroq urishiga sababchi bo‘lishini bildiradi.

Tushingizda to‘g‘ri mumkatakning o‘zidan asal olib iste’mol qilayotganligingizni ko‘rishingiz juda ham qiziqarli talqinga ega bo‘lib, bu tush hozirgi kunda siz mashg‘ul bo‘layotgan ishlaringiz siz uchun juda muhim ekanligini, siz yangi kompaniya yoki an’ananing manbasi bo‘lishingizni umuman olib qaralganda siz qandaydir yangilikning asoschisi bo‘lishingizni anglatadi.

Ishlayotgan ishlaringizni ohirigicha davom ettiring hech qachon taslim bo‘lmang, shundagina siz muvaffaqiyatga erishasiz.

Asal tush tabiri ezoterik tabiriga ko‘ra

Asal qanday talqinga ega

Tushda asalni ko‘rgan bo‘lsangiz o‘ngingizda siz bilan juda ko‘p yaxshi narsalar sodir bo‘ladi: sizning ishingiz, mehnatingiz qadrlanadi, bundan oldin qilgan harakatlaringiz muvaffaqiyatga olib keladi, siz erishgan yutuqlaringiz bilan faxrlanasiz.

Ammo keraksiz ravishda o‘zingizni va erishgan yutuqlaringiz, g‘alabalaringizni ko‘z-ko‘z etishdan ehtiyot bo‘ling: bu boshqa insonlarning dushmanlaringizning hasadiga olib kelishi va ular sizga zarar yetkazishga harakat qilishlari mumkin.

Tabir - bashorat emas, barcha narsani bilguvchi yagona zot Allohdir.

Bugun ko‘rilgan tush qanday ahamiyatga ega? Bilib oling...

Ko‘pincha bu tunda ko‘rilgan tushlar nafaqat tush ko‘rgan odamning o‘zi uchun, balki uning yaqin do‘stlari yoki... Batafsil

Tug‘ilgan sanangiz mohiyati (raqamlar siri)...

Yoxud raqamlar taqdirdan so‘zlaydi - Raqamlar siri va manosi haqida malumot. Tug‘ilgan kun, yani sana bashorati... Batafsil